Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov iste’foga çiqdi. Bu haqda mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy navbatdagi keçki videomurojaatida e’lon qildi. Uning örniga Davlat mulklari fondi rahbari Rustem Umerov yangi mudofaa vaziri böladi.

«Oleksiy Reznikov uruşning 550 kunidan ötdi. Mudofaa vazirligiga yangiça yondaşuv, yangiça qaraş kerak deb öylayman. Ham harbiylar, ham odamlar bilan muloqotda.

Hozir vazirlikni Rustem Umerov boşqarişi kerak deb öylayman. Oliy radada uni yaxşi bilişadi. Şunday ekan Umerov ortiqça taniştirişga muhtoj emas. Parlamentdan qöllab-quvvatlov kutib olaman. Axir kuz – kuçayiş mavsumi», dedi Zelenskiy.

Ma’lumot uçun, Rustem Umerov qrimtatar musulmonlaridan bölib, oçiq manbalarga köra, 1982 yilda Samarqand viloyatining Bulunğur tumanida tuğilgan. Muqaddam tadbirkorlik bilan şuğullangan. U «Qrimtatarlar jamiyati» asosçilaridan biri, şuningdek, qrimtatar xalqi yetakçisi Mustafo Jyemilevning maslahatçisi bölgan. 2019 yilda Umerov Oliy rada deputati bölgan. 2022 yildan Davlat mulklari fondiga rahbarlik qilayotgandi.

Oleksiy Reznikov Ukraina mudofaa vazirligini 2021 yil noyabridan buyon boşqarib kelayotgandi. Reznikov iste’foga çiqişi mumkinligi haqida xabarlar dastlab 2023 yil boşida, Ukrainada korrupsiya mojarolari tufayli qator amaldorlar, jumladan mudofaa vaziri örinbosari ham işdan olingani haqidagi xabarlar fonida tarqalgandi.

Ukraina mudofaa vaziri özgarişi mumkinligi haqidagi navbatdagi xabarlar 2023 yil avgust oyining birinçi yarmida ham tarqaldi.

Oleksiy Reznikovning endi Ukrainaning Buyuk Britaniyadagi elçisi etib tayinlanişi kutilmoqda.