Oleksiy Reznikov Ukraina mudofaa vaziri lavozimini tark etdi. Bu haqda uruşning 557-kuni yakunlari böyiça yöllagan videomurojaatida ukrainlar yetakçisi Volodimir Zelenskiy ma’lum qildi. «Mudofaa vazirligiga yangiça yondaşuv, yangiça qaraş kerak deb öylayman. Ham harbiylar, ham odamlar bilan muloqotda», — degan Ukraina prezidenti. 2021 yil noyabridan buyon vazirlikka rahbarlik qilib kelgan Reznikov 4 sentabr tongida iste’foga çiqiş töğrisida ariza yozdi. «Ukrain xalqiga xizmat qiliş va sönggi 22 oy — Ukrainaning zamonaviy tarixidagi eng oğir davrda Ukraina armiyasi uçun işlaş şaraf böldi», — degan u. Mudofaa vaziri lavozimidagi asosiy yutuqlaridan biri sifatida Reznikov Kiyevning ğarbdagi ittifoqçilari fikridagi paradigma özgarişini keltirdi.

U bosqin boşlanişidan bir neça hafta oldin Vaşingtonga kelganida va Ukrainaga Rossiya aviatsiyasiga qarşi turiş uçun köçma Stinger zenit-raketa komplekslarini söraganda, unga şunday javob qaytarişgandi: «Yöq, Oleksiy, bu imkonsiz».
Bir yarim yil ötib esa ukrainlarning yurişida ğarbning zamonaviy tanklari ham qatnaşmoqda, Ukraina qurolli kuçlariga zamonaviy qiruvçi samolyotlar berilişi — faqat vaqt masalasi.
Şu bilan birga, sönggi vaqtlarda prezident Zelenskiyning atrofidagilar mudofaa vazirligini aynan şu masalada köp tanqid qilmoqda: Ukrainaga ğarb qurollari yetkazib beriş tizimi oxirigaça töğri yölga qöyilmagan va bunda faqatgina Ğarb aybdor emas. Reznikov va Ukraina prezidenti ofisi örtasidagi munosabatlarda, aftidan, sönggi bir yarim yil içida bir-biridan çarçaş yuzaga kelgan. Asl kasbi huquqşunos bölgan Reznikov ança oldinroq Adliya vazirligidagi özi uçun tuşunarli bölgan boşqa lavozimga ketiş istagini bildirgan.
Rustem Umerov yangi mudofaa vaziri bölişi kutilmoqda. Uning nomzodi Zelenskiy tomonidan taklif etilgan. Umerovning özi ham Davlat mulklari fondi rahbarligidan böşaş uçun ariza yozgan. Oliy radaning navbatdagi yalpi majlisida bu masala körib çiqiladi. Umerov — kelib çiqişiga köra qrimtatar bölgan ukrain biznesmeni hisoblanadi. U «Qrimtatarlar jamiyati» asosçilaridan biri, şuningdek, qrimtatar xalqi yetakçisi Mustafo Jyemilevning maslahatçisi bölgan. 2019 -2022 yillarda Umerov «Golos» fraksiyasidan Oliy rada deputati bölgan, keyin Davlat mulklari fondini boşqara boşlagan.
«Babel» manbasining qayd etişiça, Umerov ğalla kelişuvini işlab çiqişda iştirok etgan, şuningdek, asirlar almaşinuvi bilan şuğullangan. 2022 yil bahorida uşbu mulozim Rossiya bilan Belarus va Turkiyada ötgan tinçlik muzokaralarida Ukraina delegatsiyasi tarkibida bölgan. «Agenstvo» xabariga köra, 2022 yil martida Umerov zaharlangan va vaqtinça delegatsiya a’zolari safini tark etişga majbur bölgan.


















