Ukrainada mudofaa vazirligi rahbari özgardi. Vazirlik bilan boğliq korrupsiya mojarolari fonida Oleksiy Reznikov iste’foga çiqdi. Rustem Umerov yangi mudofaa vaziriga aylandi — u musulmon va qrim tatarlar huquqlari uçun kuraşçi; harbiy tajribaga ega emas, lekin Rossiya bilan tinçlik muzokaralarida (muzokaralarning raundlaridan birida uni zaharlaşga urinişgani taxmin qilinadi) qatnaşgan Turkiya va arab dunyosi mamlakatlari bilan aloqalarga ega hisoblanadi. «Meduza» uning biografiyasini örgandi, şuningdek u haqda Ukrainadagi manbalari bilan gaplaşdi.

«Qrim lobbisi» vakili

Rustem Umerov 41 yoşda. U 1982 yilda Samarqand viloyati Bulunğur tumanida Qrimning Aluşta şahridan surgun qilingan musulmon muhojirlar oilasida tuğilgan. Qrim tatarlar oilasi Qrimga faqat 1980-yillar oxirida qaytgan.

Umerov iqtisodiyot sohasida tahsil olgan. 2004 yilda Ukrainaning Lifecell mobil aloqa operatorida menejment sohasida faoliyatini boşlagan, 2010-yillarda investitsiya biznesiga ötgan. Avvaliga — ICG Investmens va iCapital kompaniyalarida boşqaruvçi direktor sifatida işlagan, keyin — akasi Aslan Umar Qrimli bilan birgalikda oçilgan Astem investkompaniyasini boşqargan. Bu taşkilot kommunikatsiyalar, informatsion texnologiyalar va infratuzilmalar sohasidagi investitsiyalar bilan şuğullangan.

Aka-ukalar Stenford universitetida Ukrainian Emerging Leaders dasturi donorlaridan biri bölgan Astem Foundation fondiga ham asos solişgan. U ukrainalik jamoat va siyosat arboblarini, huquqşunoslar, biznesmenlar va ijtimoiy tadbirkorlarni tayyorlagan, deyiladi Ukrainaning New Voice naşri xabarida.

2007 yilda Umerov qrim tatar xalqining Ukrainadagi manfaatlarini ifoda etuvçi «Qrim tatarlar jamiyati» jamoat taşkiloti asosçilaridan biri böladi, 2007 yildan 2019 yilga qadar Mustafo Jyemilevning maslahatçisi bölib işlaydi. 

2012 yilda Umerov Qrim xalqaro biznes uyuşmasi hammuassisi va boşqaruv kengaşi a’zosi böladi, 2021 yil yozida «Qrim platformasi» uyuşmasi hamraisi etib saylanadi. «Biz „Qrim platformasi“ni ta’sis etdik — bu xalqaro format doirasida biz Ukraina Qrimining taqdirini muhokama qilamiz», — degandi u. 

«Rossiya propagandaçilari mamlakatimiz hududidagi harbiy harakatlarini oqlaş uçun ukrain xalqini etnik guruhlarga böliş haqidagi çöpçakni öylab topişdi. Biz [Ukrainada] millatimiz yoki dinimizga nisbatan heç qanday şovinizm yoki islomofobiyani his qilmaymiz», —degandi keyinroq Umerov Iordaniyaning AmmanNet saytiga bergan intervyusida.