Yevroittifoqning Lyuksemburgdagi sudi 13 sentabr, çorşanba kuni Magnitogorsk metallurgiya kombinati (MMK) direktorlar kengaşi rahbari Viktor Raşnikovning YeI tomonidan joriy etilgan sanksiyalardan olib taşlaşni talab qilgan da’vosini qanoatlantirmadi. 

Da’vo arizasi 2022 yil 24 mayda berilgan. Unga köra, tadbirkor Yevropa Ittifoqi kengaşi uni noqonuniy va notöğri tarzda sanksiya röyxatiga qöşib, Yevropa Ittifoqining Inson huquqlari böyiça xartiyasini va uning samarali sud himoyasi huquqini buzgan deb hisoblaydi. Bundan taşqari, Raşnikovning himoyasi mutanosiblik prinsipi, mulk huquqi va tadbirkorlik erkinligi, şuningdek, kamsitmaslik prinsipi buzilganiga işora qildi.

Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalida ta’kidlanganidek, Viktor Raşnikov - Rossiyaning yetakçi oligarxlaridan biri, Rossiyadagi eng yirik soliq tölovçilaridan biri bölgan MMK egasi va direktorlar kengaşi raisi. «Sönggi paytlarda kompaniyaga soliq yuki ortib bordi, bu Rossiya davlat budjetiga tuşumlarning sezilarli darajada oşişiga olib keldi. Şu tariqa, u muhim daromad manbasini ta’minlaydigan iqtisodiyot tarmoqlarida işlaydigan yetakçi rossiyalik işbilarmonlardan biri hisoblanadi», — deyiladi hujjat matnida.

2023 yil boşida Vengriya rasmiylari yana bir qança boşqa oligarxlar qatori Viktor Raşnikovga nisbatan Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini bekor qilişga intilayotgani ma’lum böldi.

Rossiyalik oligarxlar bergan da’vo arizalarining aksariyati rad etildi

Bir hafta oldin, Yevropa Ittifoqi sudi YeI tomonidan şaxsiy sanksiyalar qöllangan bir qator yirik rossiyalik tadbirkorlar va ularning oila a’zolari da’volarini rad etdi. Xususan, Aleksandr Lukaşenkoni qöllab-quvvatlagani uçun Yevropa Ittifoqining Belarusga qarşi sanksiyalar röyxatiga kiritilgan tadbirkor Mixail Gutseriyevning; NOVATEK va SIBUR kompaniyalari egasi Gennadiy Timçenko, şuningdek, uning rafiqasi Yelena Timçenkoning; «Yandeks» kompaniyasi sobiq boşqaruvçi direktori Tigran Xudaverdyanning; Quvur metallurgiya kompaniyasining (TMK) sobiq egasi Dmitriy Pumpyanskiy (u sanksiyalar röyxatiga kiritilgandan söng TMK benefitsiarlari va direktorlar kengaşini tark etgan), uning rafiqasi Galina Pumpyanskaya va öğli Aleksandr Pumpyanskiyning (u ham TMK direktorlar kengaşidan çiqqan) da’volari rad etildi.

Yevropa Ittifoqi kengaşi Ukraina hududiy yaxlitligiga putur yetkazuvçi siyosatni qöllab-quvvatlagani uçun bu şaxslarga nisbatan sanksiyalar qöllaganini bildirgan. Ular iqtisodiyotning Rossiya uçun muhim daromad manbasi bölgan tarmoqlarida işlaşi aytiladi. Rossiyaliklar özlarini sanksiya röyxatiga noqonuniy kiritilgan deb hisoblab, çeklov çoralarini bekor qilişni talab qilib, sudga yakka tartibda murojaat etgan.