Rossiyaning tovuşdan tez uçuvçi Tu-160 strategik bombardimonçi samolyotlari yangi X-BD qanotli raketalari bilan jihozlandi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen Inning Primorsk ölkasidagi Kneviçi aerodromiga taşrifidan keyingi videolavhasida aytiladi.
«U 6500 kilometrdan ortiq masofaga uçadigan X-BD raketasi bilan jihozlangan», dedi Rossiya Aerokosmik kuçlari uzoq masofali aviatsiya qömondoni general-leytenant Sergey Kobilaş. Uning sözlariga köra, samolyotning yuk kötariş quvvati 100 tonnani taşkil qiladi. Mudofaa vaziri Sergey Şoygu tuşuntirganidek, Tu-160 samolyoti har biri oltita raketadan iborat ikkita kasseta bilan jihozlangan.
Vladivostok şahriga taşrifi çoğida Kim Çen Inga «Kinjal» va «Kalibr» raketa tizimlari, şuningdek, «Marşal Şapoşnikov» fregati ham körsatildi.
X-BD qanotli raketasi işlab çiqilişi haqidagi birinçi xabarlar 2017 yilda paydo bölgan. Raketalarning Rossiya armiyasiga qabul qilingani haqida rasman e’lon qilinmagan.

















