Kanada boş vaziri Jastin Tryudo Hindiston hukumati sikx separatistlari yetakçisi Hardip Singx Nijjor öldirilişida iştirok etgan bölişi mumkinligini aytdi. U iyun oyida Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasidagi ibodatxona yaqinida otib öldirilgan edi. 

Tryudoning aytişiça, Kanada razvedkasi Nijjorning ölimini Hindiston bilan boğlovçi «işonçli» razvedka ma’lumotlarini olgan. Uning qöşimça qilişiça, yaqinda bölib ötgan G20 sammitida Hindiston boş vaziri Narendra Modi bilan uçraşgan va sikx yetakçisining öldirilişi masalasini kötargan. 

«Kanada tuproğida Kanada fuqarosining öldirilişida xorijiy hukumatning har qanday iştiroki bizning suverenitetimizni qabul qilib bölmaydigan tarzda buziş hisoblanadi», dedi Tryudo parlament yiğilişida. «Bu erkin, oçiq va demokratik jamiyatlar böysunadigan asosiy qoidalarga ziddir», deb qöşimça qildi boş vazir. 

Tryudo, şuningdek, Kanada Nijjorning öldirilişi yuzasidan xavotirlarini Hindiston razvedka idoralari va xavfsizlik kuçlari rahbarlariga yetkazganini ta’kidladi. 

Hindistonda bölib ötgan G20 sammitida Modi va Tryudo keskin muzokaralar olib borişdi. Uçraşuv çoğida Hindiston boş vaziri Kanadani «ekstremistik elementlarning Hindistonga qarşi faoliyati» bilan kuraşda yetarliça harakat qilmayotganlikda aybladi, bu bilan Kanada hududidagi sikx separatistik harakatiga işora qildi. 

Şu bilan birga, Hindiston Nijjor qotilligiga aloqadorligini rad etib kelmoqda. 

Hindiston Taşqi işlar vazirligi Kanadaning ayblovlarini «bema’nilik» va «siyosiy motivatsiyalangan» dedi. Idora bayonotiga köra, Kanada Hindiston xavfsizligiga tahdid soluvçi «Xolistonlik terrorçilar va ekstremistlar» uçun boşpana berib kelmoqda. Xoliston — sikxlar tomonidan Hindiston hududida tuziş rejalaştirilgan mustaqil davlatning nomi. 

Hindiston hukumatining Kanadadagi siyosiy suiqasdga aloqadorligi haqidagi da’vo ikki davlat örtasidagi munosabatlarni yanada yomonlaştirişi mumkin. 

Nijjor Hindistonning Panjob ştatidagi tan olinmagan sikx davlati Xoliston tarafdori edi. Hindiston hukumati uni terrorçi deb hisoblaydi va qurolli separatistik guruhga rahbarlik qilganini da’vo etadi. Uning izdoşlari bu ayblovlarni rad etib kelmoqda. 

Nijjor Vankuverdan 20 kilometr şarqda joylaşgan Surri şahridagi sikxlar ibodatxonasining avtoturargohida ikki niqobli odam tomonidan otib öldirilgan.