2020 yil kuzda Armaniston va Ozarboyjon örtasida 44 kunlik uruş bölib ötdi va unda ozarlar ğalaba qozondi. Şundan söng imzolangan sulhga köra armanlar bundan 30 yil avval bosib olgan hududlarni böşatişga majbur böldi. Yaqinda Ozarboyjon Toğli Qoraboğda harbiy amaliyot ötkazdi. Şundan söng bu yerdagi armanlar yon berişga majbur böldi. Hozirda ular qurollarni topşirmoqda.

Toğli Qoraboğ sönggi 30 yilda xalqaro siyosatda eng köp tilga olingan atamalardan biri hisoblanadi. Ozarboyjonga tegişli bölgan bu hudud 1990-yillar boşida armanlar tomonidan egallab olingan edi.

Öşanda Qoraboğda yaşab kelgan ozarlarning asosiy qismi boşqa joylarga qoçadi. Qoçişga ulgurmaganlar öldiriladi.

Armanlar ozarlarni uyidan quviş va öldiriş bilan çeklanmaydi. Qoraboğda ozarlarga tegişli nima bölsa barçasini mahv etişadi. Uylar yoqib yuboriladi, masjidlar çöçqaxonaga aylantiriladi.

Şu davr mobaynida Ozarboyjon köp marta xalqaro minbardan turib hududini bosib olgan armanlarni çiqarişda yordam söradi. Biroq aksariyat xalqaro taşkilotlar armanlar foydasiga kar va gung bölib olişdi.

Şu orada ikki qöşni davlat va millat şu darajada yovlaşdiki, ular bir birini körsa ğazab otiga minadigan, nomini eşitsa soçi tik böladigan holatga kelib qoldi.

2020 yil kuzgaça ikki davlatning bir-biriga munosabatini olov yaqinida qolayotgan poroxli boçkaga öxşatiş mumkin edi. Axiyri olov yetib borib poroxli boçka portladi va uruş boşlandi va u Ozarboyjonning ğalabasi bilan tugadi.

Xaritada töq qizil rangda Toğli Qoraboğ, yöl-yöl rangda armanlar tomonidan bosib olingan Ozarboyjon hududi körsatilgan.

Toğli Qoraboğ tarixi

Toğli Qoraboğning uzoq asrlik tarixi bor. Bu ölka öz vaqtida caljuqlar, keyinçalik turkmanlarning Oq quyunli, Qora quyunli uruğlariga, undan söng Temuriylar ixtiyoriga ötadi.

Amir Temur ham Qoraboğda bölgan va bu toğli ölkaning ob-havosi unga juda ma’qul kelgan. Şu sababli u 1399 yil qiş faslini aynan Qoraboğda ötkazadi.

Qoraboğ keyinçalik Usmoniylar imperiyasi, undan söng Erondagi Safaviylar davlati tarkibiga kiradi. 19-asr boşida Rossiya Janubiy Kavkazni egallaydi va Fors davlati bilan töqnaşadi.