Sergelida portlaş röy bergan omborga eng yaqin joylaşgan köp qavatli uylarga jiddiy zarar yetgan. Xonadonlarning içki devorlari yorilgan, içki infrastrukturasi ham ta’mirga muhtoj. Kun.uz muxbirining hududda olib borgan kuzatuvlari köra, portlaşning ilk kunlarida falokat episentri bölgan bu hudud qidiruv-qutqaruv xizmatlari tomonidan örab olinib, begonalar yaqinlaştirilmagan.

28 sentabr kuni Sergeli tumanining Quruvçilar dahasida yuz bergan portlaşda köplab turar joy majmualari hamda bino-inşootlar jiddiy zarar kördi. Ammo portlaş yuz bergan omborga yaqin joylaşgan 35 va 36-köp qavatli uy boşqalariga qaraganda köproq zararlangani ma’lum böldi. Kun.uz muxbirining hudud böylab olib borgan kuzatuvlari jarayonida ma’lum bölişiça, portlaşning ilk kunlarida falokat episentri bölgan bu hudud qidiruv-qutqaruv xizmatlari tomonidan örab olingan. Begona kişilar bu yerga qöyilmagan.

Xonadonida ta’mirlaş ketayotganlardan biri uy infratstrukturasi jiddiy zararlanganini, şuningdek, uyni ta’mirlaşda işçi kuçi kam ekanligini qayd etdi:

«Yangi «remont» qilib çiqqan uylarimiz edi. Ança talafotlar kördik. Uyimiz episentrda joylaşgani uçun ahvol juda qörqinçli . Devorlarimiz yorilgan, otib yuborgan. Portlaş uyning infrastrukturasiga juda kuçli ta’sir qilgan. Devorlar öynab yotibdi. Bu uyda bolalarim bilan yaşaşga qörqaman. Işçi kuçi kamroq. Işçilarni köpaytirib, faoliyatni tezlaştirib berişsa, biz ham işimizdan qolib ketmasdik», — deydi u.

Yana bir jabrlanuvçi esa uyidagi barça maişiy texnikalari işdan çiqqanligini aytdi:

«Bizning uyimizda soğ narsa qolmadi. Muzlatgiçlarimizga şişa siniqlari kirib qolgan, televizor, kir yuvadigan maşinalarimiz yorilib ketgan. Uyimiz omborxona oldi tarafida bölgani uçun eng katta zarar bizga böldi. Oyna-eşik qöyib berişdi. Ustalar baraka topsin, hamma narsani qilib berişyapti», — deydi ayol.

Boşqa bir jabrlanuvçi ayol esa portlaş sabab qizi hamon qörquvda ekanligini ta’kidladi:

«8 yoşli qizim keçquruni bilan qörqib çiqyapti. Qattiq qörqib ketganidan hatto «taq» etgan tovuş eşitilsa ham yugurib oldimizga kelyapti. Hozir qarindoşimiznikida yaşayapmiz», — deydi jabrlanuvçi ayollardan biri.

Xonadoniga jiddiy zarar yetgan fuqarolardan biri uyning içki devorlari bir-biridan ajralib ketgani, devorlarda yoriqlar paydo bölganini aytib, mas’ullardan uyning yaşaşga yaroqli ekanligiga tezroq aniqlik kiritiş kerakligini, bunga jiddiy yondaşiş kerakligini söradi: