Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida «Yaşil makon» kuzgi mavsumini samarali taşkil etiş yuzasidan videoselektor yiğilişi ötkazildi. Unda «Yaşil makon» umummilliy loyihasining amalga oşirilişi körib çiqildi.
Qayd qilinişiça, loyiha boşlanganidan ötgan 2 yilda uy-joy massivlarida 1 ming 200 gektardan ortiq yaşil boğ va jamoat parklari, 1 million gektardan ziyod yaşil hudud va qoplamalar barpo etildi.
Joriy yilda, 25 oktyabrdan 1 dekabrgaça «Kuzgi daraxt ekiş mavsumi» e’lon qilinadi, uning doirasida 85 million tup köçat ekiş rejalaştirilgan.
Bunda barça darajadagi rahbarlar, vazirlar, hokimlar, mahalla faollari, jamoat arboblari, nuroniylar, san’atkor va sportçilar, maşhur blogerlar örnak körsatişi muhimligi ta’kidlandi.
Buning uçun Respublika ştabi taşkil qilinadi. Fanlar akademiyasi, Tuproqşunoslik, Örmonçilik institutlari, örmon xöjaliklari rahbarlari ham ştabga a’zo böladi. Ştab tuproq tahlili, iqlim şaroiti asosida qayerga, qaçon, qaysi köçat turini qança ekişni belgilab beradi.
Mutasaddilarga barça tuman va mahallalarda bir oy davomida köçat yarmarkalarini taşkil qiliş va kuz mavsumida 30 million tup köçat yetkazib beriş topşirildi.
Davlat rahbari kuzgi mavsumida ötgan yillardagi xatolarni takrorlamaslik şart ekaniga e’tibor qaratdi. Jumladan, köçat ekişda manfaatdorlikni oşiriş lozimligini ta’kidladi.
Bu boradagi vaziyatni özgartiriş uçun endi avtomobil, temir yöl, daryo, kanallar yoqalari aholi va tadbirkorlarga şartnoma bilan yer toifasi özgartirmasdan bölib berilişi belgilandi.
Yiğilişda aholining daraxt ekişga bölgan qiziqişini oşiriş va rağbatlantiriş işlarini yanada kuçaytiriş zarurligi qayd etildi. Bandlik vazirligining Jamoat işlari jamğarmasi mablağlari bundan buyon mahallalarni öziga yönaltirilişi, ular esa bu mablağlarni daraxt ekiş, parvarişlaş va tozalik tadbirlariga yönaltirişi ta’kidlandi.
Örmon xöjaligi agentligiga joriy mavsumda har bir mahallaga 200 tadan köçatni bepul yetkazib beriş topşirildi. Bundan taşqari har bir viloyat hokimi ham 300 ming dona köçatni mahallalarga bepul tarqatadi.
Har bir mahalla va tumanda qaysi daraxt yaxşi kökarişini odamlarning özi yaxşi bilişi, şu bois köçat turini aholi bilan bamaslahat tanlaş kerakligi aytildi.

















