Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahri, Çilonzor tumanidagi «Oqtepa» va «Boğzor» mahallalari aholisi bilan uçraşdi. Suhbatda kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik jarayoni haqida söz bordi.

- Bugun kelişimizdan maqsad - ötgan yilgi saboqdan natija nima bölganini köriş, - dedi davlat rahbari. - Buning uçun kerakli qarorlar qabul qildik, katta mablağlar ajratdik. Xorijdan texnologiyalar, mutaxassislar olib keldik. Soha xodimlari qöşimça öqitildi, ularning oyligi oşirildi. Hozir rahbarlarga har bir mahalla, har bir köpqavatli uy, maktab, şifoxonalarga kirib, issiqlikni kafolatlaş böyiça yana topşiriqlar berdim. Eng muhimi, bu borada xalq nazoratini yölga qöyamiz. Şu bilan birga, energiya tejamkorlik madaniyatini oşiriş kerak. Sizga öxşagan köpni körgan insonlar, ziyolilar bunda namuna, davlatga kömakçi bölişi zarur, deb qöşimça qildi prezident.

Şundan söng, Şavkat Mirziyoyev daraxt ekib, «Yaşil makon» loyihasining kuzgi mavsumini boşlab berdi.

Qayd qilinişiça, bu mavsumda 85 million tup köçat ötqazilişi möljallangan. Örmon xöjaligi agentligi tomonidan har bir mahallaga 200 tadan köçat bepul yetkazib beriladi. Şuningdek, 15 oktyabrdan barça tuman va mahallalarda köçat yarmarkasi taşkil qilinadi.