Matbuot anjumanida “Öztemiryölyölovçi” AJ bölim boşliği Jahongir Davletov stavkalar qayta körib çiqilişini, bu jarayonda aholining murojaatlari inobatga olinişini ma’lum qildi. Tadbirdan söng, u Kun.uz'ga bergan intervyusida bu haqda batafsil gapirib berdi.

Özbekistonda 20 oktyabrdan boşlab mahalliy yönalişlardagi tezyurar poyezdlar çiptalari narxining tarif qismi 1,5 barobarga, “Afrosiyob” poyezdlari uçun esa töliq 2 barobarga oşirilişi belgilangan. Şu bilan birga, “Öztemiryölyölovçi” AJ Strategik rejalaştiriş va biznesni rivojlantiriş bölimi boşliği Jahongir Davletovning aytişiça, 20 oktyabrdan keyin bir yarim oy davomida yangi narxlar qayta körib çiqilişi mumkin.

“Bizda şunday tizim joriy qilinganki, çipta sotiş e’lon qilingan kundan 45 kungaça bölgan muddatda çipta oliş mumkin. Öşa muddatda bizda 1 oydan köproq vaqtimiz böladi. Bu vaqt davomida narxlar oşiriladi, faqat belgilangan tartib-qoidalar va işlab çiqilgan hisob-kitob asosida”,– dedi Davletov Kun.uz'ga bergan intervyusida.

Şuningdek, Davletov tezyurar poyezdi çipta narxlari yölovçilar uçun 50 foizga oşirilmasligini, bu fuqarolarga 30-35 foiz qimmatroqqa tuşişini ma’lum qildi.

“Bu [tezyurar poyezd çipta narxlarinig] 50 foizga oşişi aslida tarif qismidan oşiriladi. Ya’ni servis qismlaridan bu narx qimmatlaşmaydi. Umumiy hisobda bu narsa yölovçi uçun 30-35 foiz oşirilişi mumkin.

Çiptaning 100 foiz qismi emas, faqatgina tarif qismi harakat tarkibini yangilaş va infratuzilmani oşirişga qaratilgan qismi oşiriladi, yölovçilarga körsatilayotgan xizmat bundan mustasno.

Hozirgi vaqtda 200 dan ortiq narximiz bor, buning içidan nisbiy aytilsa, köproq deb tuşunilişi mumkin, aniq aytaman desangiz, qölimizga 200 ta raqamni tasdiğini topişi kerak. 200-250 ta narx bor, bekatlarimiz soni qança? Har bir stansiyaning tariflari bor, şuning uçun ularning har bir narxini sanab ötiş imkonsiz. Foizlarda aytsak, e’lon qilingan 50 foiz oşirilişi yölovçi uçun 30-35 foizni körsatişi mumkin”,– deydi Jahongir Davletov.