Ukraina qurolli kuçlari 17 oktyabr kuni ilk bor Rossiya qöşinlarining okkupatsiya ostidagi hududlardagi pozitsiyalariga uzoq radiusda harakatlanuvçi ATACMS raketalari bilan zarbalar yölladi. Bu haqda dastlab The Wall Street Journal gazetasi öz manbasiga tayanib xabar tarqatgan, bu ma’lumotni The New York Times va Politico ham tasdiqlagan.
Ukraina AQŞdan ATACMS raketalarining kassetali öq-dorilar bilan ta’minlangan variantini qabul qilib olgan. WSJ ma’lumotiga köra, AQŞ bir neça kun oldin Ukraina qarşi hujumining muhim bosqiçida Kiyevning Rossiya kuçlariga uzoq masofadan zarba beriş qobiliyatini oşiriş uçun Ukrainaga oz sonli raketalarni yaşirin ravişda yuborgan. Bu raketalarning harakatlaniş radiusi 160 kilometr atrofida. Ayrim ATACMS ballistik raketalari 300 kilometrgaça bölgan masofadagi nişonlarni ham aniq ura oladi. NYT manbasi esa Ukraina qurolli kuçlariga yetkazib berilgan bu raketalarga kassetali öq-dorilar örnatilgani haqida ma’lum qilgan. Naşrning AQŞdagi manbasi raketalar RF qöşinlari nazorat qilayotgan hududlardagi muhim aviabazalarga zarbalar yöllaşda qöllangan. Oliy Rada deputati Oleksiy Gonçarenko ham şu haqda yozgan: «Demak, ATACMS allaqaçon bizda». U raketalar Berdyanskdagi aerodromga borib tuşganini tasdiqlagan.
Ukraina qurolli kuçlari Rossiya qöşinlari tomonidan okkupatsiya qilingan Luhansk va Berdyansk şaharlaridagi aerodromlarga zarba yöllanganini ma’lum qilgan. Ukraina maxsus operatsiyalar kuçlari «Ninaçi» (Dragonfly) operatsiyasi doirasida mazkur aerodromlarga yöllangan zarbalar oqibatida rossiyaliklarning 9 ta vertolyoti, havo hujumidan mudofaa kompleksining raketa uçiriş qurilmasi, maxsus texnikalar va öq-dori omborlari yöq qilingani, uçiş-qöniş polosalari şikastlangani haqida ma’lumot bergan. Zarbalar oqibatida hududda bölgan önlab kişilar halok bölgani va yaralangani qöşimça qilingan.


















