Boğçaga joylaştiriş uçun beriladigan yöllanmani endi Davlat xizmatlari markazidan oliş şartmas. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qayd qilinişiça, farzandini boğçaga joylaştiriş uçun ariza Davlat xizmatlari markazi orqali berilgan bölsa, bundan buyon yöllanma şakllanişi bilan SMS xabar orqali ariza raqami va maxfiy kod yuboriladi. Uşbu maxfiy kod bilan boğçaga boriş va uni mudiraga aytiş kifoya. Avval bunday yöllanma faqat qoğoz şaklida DXM orqali olinardi.
Adliya vazirligining ta’kidlaşiça, «maxfiy kod boğça mudirasiga aytilmagunça u yöllanmani köra olmaydi va bu bilan korrupsiya holatlari oldi olinadi».
Vazirlik ma’lumotlariga köra, 2022 yilda boğçaga joylaştiriş uçun 1,4 mln dona, 2023 yil 9 oyi mobaynida 1 mln dona yöllanma şakllangan. Yangi tartib tufayli 6 tonna qoğoz tejalişiga erişiladi.

















