Özbekistonlik fuqarolarning Qozoğiston hududida noqonuniy uşlab turilgani hamda ularning majburiy mehnatga jalb qilingani böyiça aniqlangan holat Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarşi kuraşiş Milliy komissiyasi tomonidan nazoratga olindi. 

Qayd qilinişiça, holat ikki davlat huquq tartibot organlari tomonidan hamkorlikda örganilişi, aybdor şaxslarga nisbatan huquqiy baho berilişi ta’minlanadi. 

Bundan taşqari, mazkur holatdan jabrlangan şaxslarning hujjatlari qaytarib olinişi, zarur holda qayta tiklanişi, Özbekistonga qaytarilişi, zarur tibbiy, ijtimoiy, psixologik xizmat körsatilişi hamda ularning Özbekistonda iş bilan ta’minlanişi Milliy komissiya tomonidan qat’iy nazoratga olinişi aytilmoqda. 

Avvalroq, Qozoğistonning Çimkent viloyatida qullikda uşlab turilgan va ğişt zavodida işlatilgan 60 nafar özbekistonlik ozod qilingani haqida xabar berilgan edi.