24 oktyabr kuni Senat Axborot siyosati va davlat organlarida oçiqlikni ta’minlaş masalalari qömitasining navbatdagi majlisi bölib ötdi.
Qömita majlisida Senat navbatdagi yalpi majlisi kun tartibi doirasida körib çiqiladigan masalalar muhokama qilindi.
Senatorlar tomonidan “Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonun dastlabki tarzda körib çiqildi.
Keyingi paytlarda internetdan foydalangan holda bir qator şaxslarning mobil qurilmalarini hamda ijtimoiy tarmoq va messenjerlardagi akkaunt yoki kanallarini zararli dastur yuboriş yöli bilan bloklab (tösib) qöyiş, ma’lumotlarini öçirib yuboriş, özgartiriş yoki olib qöyiş bilan qörqitib, pul yoki boşqa moddiy manfaatdorlik talab qiliş holatlari röy bermoqda.
Kibermakonda şaxslarning fotosurati, ovozi va boşqa biometrik ma’lumotlarini maxsus dasturlar yordamida soxtalaştiriş holatlari ham uçrab turibdi.
Sodir etilgan bunday huquqbuzarliklar uçun javobgarlik çoralarini kuçaytiriş maqsadida Jinoyat kodeksiga tegişli özgartirişlar kiritilmoqda.
Şu bilan birga, kripto-aktivlarni noqonuniy aylanmasi, xususan noqonuniy mayning faoliyati uçun Jinoyat hamda Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodekslarda javobgarlik çoralari kuçaytirilmoqda.
Senatorlar qonun qabul qilingandan söng Içki işlar vazirligi mas’ullari joylarda aholi, jamoatçilik uçun tarğibot tadbirlarini kuçaytirişi lozimligiga e’tibor qaratdi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan qömitaning tegişli qarori qabul qilindi.

















