2020 yilda Doğistonning Darband şahri yaqinida Kaspiy dengizi sohilida joylaşgan «Vatanparvar» boğida «Lun» deb nomlanuvçi noodatiy eski harbiy transport paydo böladi.

Yarim kema, yarim samolyot körinişidagi bahaybat bu transport öşandan buyon köpçilik tomoşabinlarning e’tiborini tortib kelmoqda. Hozirda ma’lum miqdorda pul tölab uning içiga kirib tomoşa qiliş mumkin.

Ma’lum bölişiça, ekranoplan deb ataluvçi bu transport loyihasi bir paytlar amerikaliklar bilan raqobatda ortda qolmaslik uçun işlab çiqarilgan. Biroq loyiha muvaffaqiyatsiz çiqqan va harbiy transport tuzuk-quruq xizmat qilmasdan yaroqsiz holga kelgan.

Söng u uzoq yillar davomida Kaspiy dengizi böyida joylaşgan zavodda turadi. Şunda kimningdir xayoliga uni tomoşa obektiga aylantirib pul işlaş mumkinligi keladi va transport Darbanddagi boğga olib kelinadi.

Öşandan buyon avvallari bunday texnikani körmagan odamlar uzoq joylardan kelib pul tölab, bu ğalati kema-samolyotni tomoşa qilib ketişmoqda.

Foto: alamy.com

Amerikaliklar bilan raqobat va behudaga sarflangan pullar

Amerikaliklar bilan raqobat tufayli işlab çiqarilgan va özini oqlamagan birgina «Lun» ekranoplani emasdi. Bungaça ham juda katta mablağ sarflangan loyihalar muvaffaqiyatsizlikka uçragan edi.

Jumladan, 1960-yillar boşida Ğarb davlatlari tovuşdan tez uçuvçi yölovçi samolyoti ustida iş boşlaşganda sovetlar ham şunday qilişadi.

Keyinroq AQŞ köp marta foydalansa böladigan kosmik kema yaratiş loyihasi ustida işlayotganda sovetlar ham «Buran» kosmik kemasini yaratiş uçun harakatga tuşadi.

Sovetlar AQŞdan ortda qolmaslik uçun harakat qilişarkan, juda katta mablağlar sarflab yuborilayotgan turli loyihalar tezda barbod bölardi.

Masalan, yevropaliklarning tovuşdan tez uçuvçi «Konkord» samolyotiga muqobil tarzda tayyorlangan 20 ta Tu-144 samolyotidan bittasi bor-yöği ikki yil parvoz qiladi.