Advokat Jahongir Mutalipov, Saidali Muxtoraliyev va inson huquqlari himoyaçisi Abdurahmon Taşanov Kun.uz’ga bergan intervyusida yangi tahrirdagi “Advokatning kasb etikasi qoidalari” loyihasining konstitutsiyaga zid jihatlarini sanab ötdi.

Ma’lumot uçun, Advokatlar palatasi muallifi bölgan Advokatlarning kasb etikasi qoidalarida “amaldorlarni muhokama qilmaslik va fuqarolarda islohotlarga işonçsizlik uyğotmaslik” talabini qöyiş közda tutilmoqda.

 

Saidali Muxtoraliyev:

— Advokat sifatida şaxsan menga bu loyiha juda oğir ta’sir qildi. Loyihaning 55-bandida kötarilayotgan masala şuki: advokat davlat organlari va mansabdor şaxslar faoliyatini ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilişga haqli emas ekan. Köryapsiz, taklif juda köp muhokama qilindi va palata unga rasmiy bayonot ham berdi.

Bizdagi asosiy fikr şuki, bu loyiha advokatlarning söz erkinligini mutlaq çeklaydi. Özi advokatlarning faoliyati gapiriş, izohlaş va muhokamadan iborat. Bu narsa advokaturaning oyoğiga bolta uriş deb qabul qilamiz.

Jahongir Mutalipov:

— Bilasiz, bir neça yildan buyon advokatlarning ijtimoiy tarmoqlarda faolligi ortişi bilan odamlarda ularga nisbatan işonç ortdi, obrösi bir qadar kötarildi. Xöş, loyiha tasdiqdan ötib ketsa nima böladi?

Deylik, advokat öz mijozi bilan körişolmagani va buning qonunga zid ekani haqida ijtimoiy tarmoqlarda öz fikrini yozdi. Öşa yozgani taklif qilinayotgan loyiha böyiça öz-özidan jazoni ijro etuvçi muassasani (JIM) obrösizlantirgan hisoblanadi.

Advokat istalgan qonun hujjatidagi xatolarni, kamçiliklarni tarmoqda muhokama qilişi kerak. Ijtimoiy tarmoqqa çiqmasa, işlar bitmayapti. Şunaqa «kasal» bölib qoldi jamiyat.

Saidali Muxtoraliyev:

— Yangi loyihadagi bir bandni  öqib beraman. Xulosani siz çiqarasiz. Eski tahrirning 63-bandida şunday qoida bor: «Advokat tomonidan advokatura töğrisidagi qonun hujjatlari va uşbu qoidalar talablari buzilsa, biroq kam ahamiyatli bölgani sababli advokatning şa’ni, qadr-qimmatiga doğ tuşirmaydigan, advokatura obrösini tökmaydigan hamda işonç bildiruvçi şaxsga zarar keltirmaydigan holatlar bölsa, advokatga intizomiy jazo qöllanmaydi» deyilgan. Yangi tahrirda bu çiqarib taşlanmoqda, deyilyapti va asoslovçi qismda aytyapti: «Advokat sodir etgan qilmişi katta yoki kiçikligidan qat’i nazar belgilangan javobgarlikka tortilişi lozim», deyilmoqda.