Toşkentda ötayotgan Şanxay Hamkorlik Taşkilotiga a’zo davlatlarning birinçi transport forumida Özbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Kun.uz muxbirining ikki yirik loyiha: “Termiz–Mozori Şarif–Kobul–Peşovar” hamda “Özbekiston-Qirğiziston-Xitoy” temiryöllari haqidagi savollarga javob berdi.
– 29 oktabr kuni Afğonistonning Kobul şahrida ikki davlat örtasida hukumatlararo yiğilişi bölib ötdi. Unga Özbekiston boş vaziri örinbosari Jamşid Xöjayev boşçilik qildi. Bu tadbirda siz ham qatnaşdingiz, transport sohasida toliblar bilan qanday kelişuvlarga erişildi, şu haqda gapirib berolasizmi? Bilişimizça, “tolibon” hukumati tranzit tölovlarini kamaytiriş hamda imtiyozli tariflar haqida ham söragan.
– Asosiy maqsadimiz – Afğoniston orqali Pokiston portlariga çiqiş. Eng asosiy masala – Transafğon xalqaro koridorini rivojlantiriş. Prezidentimiz bunga 5 yildan beri kuç işlatdilar, juda katta şaroit yaratib berdilar biz uçun. Öylaymanki, biz buning davomini amaliy işlar jihatidan amalga oşirişimiz kerak.
Bölgan taşrif doirasida mazkur koridordan foydalanişda yana qöşimça qulayliklar, şaroitlar yaratiş böyiça kelişuvga erişildi va Özbekiston taşuvçilari ham şu Afğoniston hududidan bemalol ötib, Pokiston çegarasigaça yetib borişga şaroitlarni yaratib beriş böyiça kelişuvga erişildi.
– “Özbekiston-Qirğiziston-Xitoy” temiryöli borasida qanday ma’lumotlar bera olasiz?
– Xabaringiz bor, hozirda asosan Qozoğiston orqali Xitoydan mahsulotlar yetib keladi. Lekin bizda Qirğiziston koridorini rivojlantiriş böyiça barça işlar amalga oşirilyapti. Irkişton çegara posti, ya’ni Qirğiziston va Xitoy örtasidagi çegara posti 24 soatdan işlaşdan tortib, Qirğiziston orqali avtotransport vositalarining harakatlanişiga barça qulayliklar yaratiş va Andijonga Qirğiziston bilan Özbekiston çegara postiga bemalol ötiş uçun şaroitlar yaratganmiz, bu böyiça kelişuvlarga erişganmiz. Bugungi kunda bu koridordan 7,5 barobarga yuk aylanmasi amalga oşirilgan. Hozir asosiy harakatimiz Qirğiziston hududida temiryöl quriliş loyihasi. Bu böyiça 3 tomonlama texnik-iqtisodiy asoslar işlab çiqildi. Hozirda biz buni kim amalga oşirişi böyiça muzokaralarni olib boryapmiz.
– Transafğon va “Özbekiston-Qirğiziston-Xitoy” temiryöli loyihasi qaçon yakunlanişi kutilmoqda?
– Biz barça quriliş işlarini kelgusi yili (2024 yilda) boşlaşni maqsad qilib qöyganmiz. Endi bu murakkab narsa, çunki bir neçta mamlakatlar bilan boğliq bölgan loyihalar. Özimizning hududimizdagi qurilişlardan farq qiladi. Eng asosiysi yönalişlari: qayerdan boşlab qurilişi, qaysi uslubda qilinişi kelişilgan va texnik-iqtisodiy asoslari tayyorlangan.
















