Xorazm viloyatining uçta tumanida hokimlar özgardi.
Şuhrat Qurvondurdiyeviç Ahmedov xalq deputatlari Qöşköpir tuman Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida mazkur tuman hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Şuhrat Ahmedov muqaddam Xorazm viloyati qişloq xöjaligi boşqarmasi boşliği bölgan, 2023 yil aprelida Tuproqqal’a tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.
Qöşköpir tumaniga 2023 yil aprelidan buyon Boburbek Egamov rahbar edi. Uning keyingi faoliyati haqida ma’lumot yöq.
Oybek Madaminoviç Xolboyev xalq deputatlari Şovot tuman Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida mazkur tuman hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Oybek Xolboyev muqaddam Boğot tumani hokimi bölgan, 2020 yil dekabridan buyon Urganç şahri hokimi lavozimida işlayotgandi.
Şovot tumaniga 2022 yil martidan buyon rahbarlik qilib kelgan Odilbek Ortiqovning keyingi faoliyati haqida ma’lumot yöq.
Ayni vaqtda Xolboyev örniga Urganç şahri rahbarligini kim egallagani ma’lum emas.
Akmal Ortiqoviç Jimalyazov esa Şuhrat Ahmedov örniga Tuproqqal’a tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

















