Fransiya sudi Ukraina hukumatining apellyatsiya arizasini rad etdi va qidiruvdagi ukrainalik milliarder Konstantin Jyevago ekstraditsiya qilinişi mumkin emas degan qarorga keldi, deb xabar berdi Reuters 10 noyabr, juma kuni. 

«Sud arizaçi davlat (Ukraina) Jyevago asosiy protsessual kafolatlari va huquqlarini himoya qila oladigan sud tomonidan sudlanişiga kafolat bera olmaydi, degan xulosaga keldi», — deyiladi agentlik iqtibos keltirgan sud qarorida. Sud aynan nima uçun bunday xulosaga kelganiga aniqlik kiritilmagan.

Jyevagoning özi hamon Ukrainada öziga qarşi qöyilgan «asossiz ayblovlarni rad etiş» niyatida ekanini aytdi. «Ukraina yurisdiksiyasi doirasida bu mumkin bölişi bilanoq, barça qonuniy kanallar orqali menga qöyilgan ayblovlarga qarşi çiqiş uçun sa’y-harakatlarni işga solaman», dedi milliarder. 

Jyevagoning Kurşavelda qölga olinişi 

Ukrainada Jyevago 2019 yilda qidiruvga berilgan edi. Tergov ma’lumotlariga köra, u özi nazorat qilgan bankrot «Finansy i Kredit» bankidan 113 million dollarni özlaştiriş sxemasini yaratgan. Öşanda Jyevago söroqqa kelmagan va çet elga qoçib ketgan, uning Ukrainadagi mulki xatlovga olindi, özi esa xalqaro qidiruvga berildi. Jyevago barça ayblovlarni rad etib keladi. 

2022 yil dekabr oyida Jyevago Ukraina Davlat tergov byurosining iltimosiga binoan Fransiyaning Kurşavel toğ-çanği kurortida qölga olingan. Keyinroq milliarder bir million yevro garov evaziga ozod qilindi. Mart oyida Fransiya sudi Jyevagoni Kiyevga ekstraditsiya qilişdan boş tortdi, şundan söng Ukraina hukumati bu qaror ustidan apellyatsiya berdi. 

2023 yilda Ukraina Milliy antikorrupsiya byurosi (UMAB) va Ixtisoslaştirilgan antikorrupsiya prokuraturasi (IAP) Jyevago Oliy suddagi korrupsiya sxemasiga aloqadorligini ma’lum qildi. Milliarder bu ayblovlarni rad etdi.