Prezident Şavkat Mirziyoyev 16 noyabr kuni Surxondaryo viloyatidagi Töpalang GESga borib, modernizatsiya işlarini közdan keçirdi.
«Mamlakatimiz ham iqtisodiy, ham aholi soni jihatidan ösib, energetika quvvatlariga talab yildan yilga ortmoqda. Buni ta’minlaş maqsadida davlatimiz tomonidan barça manbalar işga solinmoqda. Jumladan, gidroenergetikani rivojlantirişga katta urğu berilyapti. Sönggi yillarda 19 ta yangi gidro elektr stansiya barpo etildi, 13 tasi modernizatsiya qilindi.
Ulardan eng muhimi Töpalang gidroelektr stansiyasidir. U 2006 yilda işga tuşirilgan paytda jami 30 megavatt quvvatli ikkita agregat bölardi.

Davlatimiz rahbari 2019 yil aprelda bu yerga taşrif buyurib, yana ikkita gidroagregat quriş yuzasidan topşiriq bergan edi. Avvaliga suv ombori töğoni qöşimça 20 metrga kötarildi. Natijada uning siğimi 380 million kub metrdan 500 millionga yetkazildi. Zamonaviy texnologiyalar asosida quriliş-montaj işlari olib borilib, jami quvvati 145 megavattli ikkita agregat örnatildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Şu tariqa, Töpalang GESning umumiy quvvati 175 megavattga yetib, Çorvoq GESdan keyin mamlakatdagi ikkinçi yirik stansiyaga aylandi.

Bu yerda yiliga qöşimça 467 million kilovatt/soat elektr quvvati yaratildi. Qariyb 167 mingta xonadonning elektr ta’minoti yaxşilandi. Bu yiliga örtaça 107 million metr kub tabiiy gaz tejaladi, deganidir.
Prezident şu yil martda Surxondaryo viloyatiga kelganida Töpalang GESni modernizatsiya qiliş loyihasi foydalanişga topşirilgandi. Bu galgi taşrif çoğida iş jarayoni bilan yaqindan tanişildi.
Şu yerda Töpalang daryosi negizida gidro energetika quvvatlarini oşiriş böyiça taqdimot ötkazildi. Unga köra, kelgusi yillarda daryoning yuqori qismida quriş uçun 20 ta istiqbolli loyiha şakllantirilgan. Ularning umumiy quvvati 264 megavatt bölişi möljallangan.

Davlat rahbari bu işlarni kengaytirib, har bir soy, imkoniyati bor har bir mahallada mikro GESlar barpo etiş mumkinligini ta’kidladi.

















