Yakunlanayotgan haftada UzAuto Motors Chevrolet Onix narxlarini oşirdi. Özbekistonliklarning bank kartalariga jiddiy kiberhujum uyuştirildi. 1 dekabrdan iş haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar oşiriladi. Özbekiston delegatsiyasi Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş böyiça işçi guruhi yiğilişini ötkazdi. Hafta iqtisodiy yangiliklari iqtisodiy taymlaynda.
Özbekistonning JSTga a’zoligi böyiça 7-yiğilişni ötkazdi
16 noyabr kuni Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga a’zo bölişi böyiça işçi guruhning joriy yildagi ikkinçi yiğilişi bölib ötdi.
Işçi guruh yiğilişidan bir kun oldin Özbekiston Turkiya, Möğuliston va Saudiya Arabistoni bilan JSTga qöşiliş böyiça muzokaralarni yakunlab, tegişli bayonnomalarni imzoladi.
Bu bilan a’zolik jarayonida yakuniy kelişuvga erişilgan davlatlar soni beştaga yetdi. Yaqin vaqt içida Yaponiya, Şri-Lanka va Moldova bilan ham muzokaralarni rasman yakunlaş reja qilingan.
Özbekiston rasmiylari 2023 yil boşida bergan bayonotlarida Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş böyiça asosiy muzokaralar şu yil oxirigaça yakunlanişi aytilgandi. Özbekiston prezidentining JST böyiça maxsus vakili Aziz Örunov bu maqsadga erişiş keçikayotganiga izoh berdi.
“Töğri, 2023 yil yakunigaça asosiy muzokaralarni yakunlaş maqsadi qöyilgandi. Birinçidan, muzokaralar – juda ham murakkab jarayon. Ikkinçidan, bir xil muzokaralarda ança oldinga ildamlagan bölsak ham, ayrim davlatlar boşqa köp tomonlama muzokaralardagi jarayonlar qanaqa ketişini kuzatib, ikki tomonlama muzokarani yakunlaşdan özini tiyib turadi. Misol uçun, bugungi kunda biz muzokaralarni deyarli yakunlab bölgan 4-5 ta davlat bor, lekin ular muzokarani yakunladik deb e’lon qilişga şoşmayapti”, – dedi Özbekistonning JST böyiça boş muzokaraçisi.
U Özbekiston 2003-2005 yillarda dastlabki faol muzokaralarni olib borgani va va bu muzokaralar 2020 yilda tiklanganini ta’kidlarkan, nofaol muddatni hisobga olmasa, mamlakat JSTga umumiy hisobda 10 yilga yetmasdan a’zo bölişini qöşimça qildi.
1 dekabrdan iş haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar oşiriladi











