Quyoşda toj teşigi deb nomlanuvçi ulkan qoronğu böşliq paydo böldi. Bu yoriq Yer tomonga kosmik şamol deb nomlanuvçi ğayrioddiy tezkor nurlanişning kuçli oqimlarini soçmoqda. Bu haqda Spaceweather xabar berdi. 

2 dekabrda hosil bölgan teşikning kengligi 24 soat içida 800 ming kilometrga yetgan, bu Yer diametridan 60 baravar köproqdir. Olimlarning fikriga köra, quyoş siklining uşbu bosqiçida bu böşliqning hajmi misli körilmagan darajada katta. 

Dastlab qoronğu böşliqning paydo bölişi Yerda mö’tadil geomagnit böronini keltirib çiqarişi, bu esa radioaloqa uzilişiga olib kelişi mumkinligi taxmin qilingan edi. Biroq, kosmik şamol tezligi kuçli bölmadi, garçi u yuqori kengliklarda ğaroyib Qutb yoğdularini keltirib çiqargan bölsa ham. 

Toj teşiklar Quyoşning magnit maydonlari özgarganda paydo böladi, bu esa yulduz zarralarining bir qismini fazoga çiqib ketişiga olib keladi. Ular qoronğu doğlar kabi körinadi, çunki bu joylar atrofdagi plazmadan sovuqroq va ziçroqdir. 

Olimlarning qayd qilişiça, Quyoş faolligi 2023 yil davomida ortib bordi, çunki bizning yulduzimiz 11 yillik siklining yuqori çöqqisiga yaqinlaşmoqda. Biroq, toj teşiklar siklning istalgan vaqtida paydo bölişi mumkin. Bundan taşqari, olimlar ekvator yaqinida yangi teşik oçilganidan hayratda, odatda ular yulduz qutblarida paydo bölgan.