Bu videolarda göyoki rahbarlar tilidan Özbekiston aholisiga murojaat qilib, ularga firibgarlar tomonidan öğrilangan pullar kompensatsiya qilib berilişi böyiça çoralar körilayotgani, aldanib qolgan odamlar yuristlarning maslahatiga amal qilişi kerakligi aytilgan.

Videolarda aytilgan “yuristlarning maslahati” aslida tuzoq bölib, videoga ilova qilingan yöl-yöriqlarni bajargan odamlar bank kartalaridagi pullaridan ayriladi.

Bu – fuqarolarning kartalaridagi pullarini öğirlovçi firibgarlar öylab topgan yangi usul. Endilikda ular sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda, şaxsning ovozini öxşatib, uning iştirokidagi videoni mukammal yolğon – dipfeyk şaklga ötkazmoqda.

Har ikki videoda ham rus tilidan foydalanilgani – sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida hali özbek tilida mukammal dipfeyklar yaratiş imkoni yöqligi bilan boğliq.

Içki işlar vazirligi huzuridagi Kiberxavfsizlik markazi ham aholini bunday zamonaviy turdagi firibgarlik tuzoğidan ogoh bölişga çaqirdi.

Avvalroq Korzinka supermarketlar tarmoği asosçisi Zafar Hoşimov ham firibgarlarning bunday dipfeyklar nişoniga aylangan edi.

Ayni kunlarda, şuningdek, rossiyalik milliarder Alişer Usmonovning qayta işlangan yolğon videosi ham tarqatilmoqda.

  • Eslatma: Bank kartalaridan pul öğirlanişi deyarli barça holatlarda telefonga kelgan SMS'dagi yaşirin kodning begonalarga berilişi oqibatida sodir böladi.

Umuman, internet kengliklarida maşhur şaxslarning sun’iy intellekt texnologiyalari orqali yasalgan feyk videolari sönggi vaqtlarda keskin köpaygan. Xususan, AQŞda 2024 yilgi prezidentlik saylovlari oldidan amaldagi prezident Jo Bayden, prezidentlikka sobiq nomzod Hillari Klinton va boşqa yuqori martabali şaxslarning yangidan yangi dipfeyk videolari tarqatilmoqda.