Demokratik jamiyatlarda saylovçilarning u yoki bu masaladagi fikri özgarişi ma’lum vaqt ötib siyosiy qarorlarga ta’sir qila boşlaydi. Xöş, dunyoning eng katta demokratiyasi bölmiş AQŞda Isroil va Ukrainani qöllaş pozitsiyasiga nisbatan jamoatçilik qanday munosabatda bölyapti? Kun.uz şu haqdagi savollar bilan “Amerika ovozi” muharriri Navbahor Imamovaga yuzlandi.
— AQŞ jamiyatida HAMAS-Isroil uruşi qanday muhokama qilinyapti?
— 7 oktyabrdan keyin AQŞning deyarli barça yirik şaharlarida Isroil va Falastin tarafdorlari tomonidan namoyişlarni kuzatdik. Oq uy, Kongress oldida namoyişlar kuniga bir neça marta bölayotgan edi, hozir biroz pasaygan. Lekin boşqa bir dinamika bölyapti. Yaqin Şarq masalasi doim qözğalib turardi, şuning uçun odamlar örganib qolgandi, ammo Ğazoda qon tökilişi kölami köpaygaç, bunga munosabat keskin özgardi.
Amerikaliklar biz nega Isroilni qöllayapmiz, degan savolni qöya boşladi. Ommaviy sörovnomalardan ham buni köriş mumkin. Jamiyatda nega Falastin haligaça mustaqil bölmayapti, qurol-yaroğga ajratilayotgan pullar qayerga ketyapti kabi savollar köp yangrayapti.
Amerikaliklarning aksariyati Isroilni qöllab kelgan. AQŞ aholisining 2,5 foizi yahudiy, musulmonlar esa 1 foiz. Ammo oxirgi paytda Falastin tarafdorlari jadallik bilan köpayyapti. Tendensiya özgaryapti. Isroilni qöllab kelayotganlar ham pozitsiyasini aniqlaştirib, biz faqat yahudiy davlati tarafdorimiz, bosqinçilik tarafdori emasmiz, deyapti. Ya’ni Isroil tarafdorlari ham hozirgi hukumat qilayotgan işlarni qoralayapti. Hatto respublikaçi siyosatçilar orasida ham şunday qaraşlilar bor. Lekin baribir umumiy holatda Isroilni qöllovçilar köp.
Yevropada Falastinni qöllaş doim AQŞdagidan yuqori bölgan. AQŞda endi mana şu narsa kuçaymoqda, namoyişçilarning aksariyati Falastinni qöllovçilar tomonidan böldi. Ayniqsa, 18-34 yoş oraliğidagi amerikaliklar içida Falastinni qöllaş kuçayyapti. Isroil tarafdorlari – asosan respublikaçi konservatorlar. Demokratlardagi yoşlar içida Isroilga nisbatan ğazab katta.
Yaqin Şarq masalasida mutlaq ikkiga böliniş yöq bu yerda, turliça pozitsiyalar mavjud. Iroq, Afğoniston uruşlarida ham dastlab hukumatni qöllaş kuçli bölgan, keyin susaygan. Isroil va Falastin mojarosi juda uzoq yillik bölgani uçun bu narsa odatiy hol bölib, çaqnaş körsatmas edi jamiyatda. Bugun esa savollar köpaymoqda.
Odamlar Isroildan voz keçaylik, demayapti, balki yahudiylarni qöllaylik, Isroilning hozirgi siyosatini emas, deyapti. Bosim ança yuqori, prezidentlik saylovlarida ham asosiy nuqtalardan biri böladi bu masala.
















