2022 yil dekabr oyida NASA agentligining «Orion» kosmik kemasi Oy atrofini aylanib ötib, Yerga muvaffaqiyatli qaytdi. Bir yil ötgaç, missiya jamoasi atmosferaga tovuş tezligidan 32 baravar tez kirib kelgan kemada olingan video tasvirlarni körsatdi.
«Orion» kosmik kemasi Artemis missiyasining bir qismi sifatida odamlarni Oy orbitasiga olib çiqiş uçun möljallangan. Bu 2024 yilda sodir bölişi mumkin va NASA tomonidan namoyiş etilgan kadrlarni fazogirlar uyga qaytayotganida körişadi.
25 kundan ortiq davom etgan birinçi Artemis missiyasi doirasida «Orion» Oyni ikki marta aylanib, uning yuzasiga taxminan 130 km masofada yaqinlaşdi. Hammasi bölib, u 434,5 ming kilometr masofani bosib ötdi.
Agar ikkinçi sinov parvozi ham muvaffaqiyatli amalga oşirsa, 2025 yilda odamlarning Oyga qönişi bilan yakunlanuvçi Artemis-3 missiyasini işga tuşiriş rejalaştirilgan.

















