Surxondaryo viloyati Şörçi tumanida belgilanmagan joyga çiqindi taşlab ketgan ayolga çora körilgan. Bu haqda viloyat Ekologiya boşqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Suriştiruvlar natijasida belgilanmagan joyga çiqindi taşlagan huquqbuzarning şaxsi aniqlangan. Söng holat yuzasidan unga nisbatan MJtKning 91-Prim 1- moddasi 1-qismiga köra ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.

Ayol bazaviy hisoblaş miqdorining 1 barobari — 330 000 söm miqdorida jarimaga tortilgan.

Ma’lumot uçun, dastlab Termizda 10 ta hududda onlayn kuzatuv kameralari örnatilgandi. Yaqinda esa yana 15 ta şunday kameralar olib kelingan. Bu kuzatuv kameralari nafaqat noqonuniy joyga çiqindi taşlaş, balki boşqa turdagi ekologik huquqbuzarliklarni tezkorlik bilan aniqlab, öz vaqtida bartaraf etişga va tegişli çoralarni körişga imkoniyat yaratadi.

Avvalroq, Toşkent viloyatida belgilanmagan joyga çiqindi uloqtirib ketgan haydovçi aniqlanib, unga çora körilgandi.