Prezident Şavkat Mirziyoyev sönggi haftalarda korrupsiya va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş böyiça amalga oşirilayotgan tezkor tadbirlar haqida fikr bildirdi.
«Özini “köça” deb ataydigan jinoiy guruhlar böladimi, korrupsiyaga berilgan mansabdor şaxslar böladimi, kim qonunga bepisand qarab, davlat va jamiyatga zarar yetkazadigan bölsa, biz bunga heç qaçon jim qarab turolmaymiz.
Köçalarimiz, mahallalarimiz, hayotimiz tom ma’noda tinç va toza, jinoyatdan xoli bölişi kerak.
Yangi Özbekistonda qonun ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar bölişi şart. Va albatta şunday böladi», - dedi prezident.
- 2023 yil noyabr oyi oxirida Özbekistonda, rasmiylar ta’rifiga köra, «kriminogen vaziyatni yaxşilaş böyiça tezkor-profilaktik tadbirlar» boşlandi. Toşkentdagi reydlarning özida ötgan vaqt davomida qölga olinganlar soni 100 dan oşadi. Ular orasida «Salimboy» laqabi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev, «Baxti Taşkenskiy» laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev hamda «Saydaziz medgorodok» laqabi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev ham bor.
- Şuningdek, korrupsiyaga yöl qöyişda gumonlangan mansabdorlar qölga olinmoqda, ular orasida sobiq qişloq xöjaligi vaziri Aziz Voitov, Namangan viloyati hokimi örinbosari Saidahmad Sultonov, Markaziy bankning Buxoro viloyati boş boşqarmasi boşliği Erkin Mansurov, Bekobod tuman hokimi Şuhrat Mirzayev, Buxoro tumani sobiq hokimi Xayrullo Jörayev kabilar bor. Bundan taşqari, soliq idoralarining uç nafar mansabdori qamoqqa


















