Rossiyalik propagandaçi, uruş tarğibotçisi bölgan yozuvçi Zaxar Prilepin Kremlda ötgan marosimda «Jasorat» ordeni bilan taqdirlandi. Rossgvardiya podpolkovnigi bölgan Prilepinning matbuot xizmatiga köra, marosim 3 iyul kuni ötkazilgan.
«Jasorat» ordenidan taşqari Prilepinga Mudofaa vazirligining «Jangovar hamdöstlikni mustahkamlagani uçun» medali ham topşirilgan. Propagandaçi yozuvçidan taşqari turli siyosatçilar, xususan, Italiya boş vaziri Jorjiya Meloni bilan afrikalik siyosatçilar nomidan gaplaşib, uni mazax qilgan prankerlar Vovan (Vladimir Kuznetsov) va Leksus (Aleksey Stolyarov) ham Kremlda davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

Ma’lumot uçun, Zaxar Prilepin 2023 yil dekabr oyida ötkazilgan uçraşuvlardan birida migratsiyaga qarşi kuraşiş uçun sobiq ittifoq davlatlarini Rossiya tarkibiga qöşib oliş kerakligini aytgan, xususan, Özbekistonni bosib olib, özbeklarga rus tilini majburiy örgatişni taklif qilgandi.
«Kiyevdagi paraddan keyin Yevrosiyo hududida bizga nimadir qilişni kim taqiqlaydi? Heç kim», degandi öşanda Prilepin. Uruş tarğibotçisining bu gapidan keyin Rossiya tomoni özini oqlab çiqqan va bu uning şaxsiy fikri ekani, Kreml pozitsiyasini anglatmasligini bildirgandi.
Zaxar Prilepinga 2023 yil may oyida Nijniy Novgorod şahrida suiqasd uyuştirilgandi. Öşanda uning boşqaruvidagi Audi avtomobilining kapoti ostiga joylaştirilgan portlovçi qurilma işga tuşgandi. Portlaş oqibatida yozuvçining tansoqçisi halok bölgan, özi esa rulda bölgani tufayli omon qolgan.
Rossiya tomoni suiqasdda Ukraina, AQŞ, Buyuk Britaniya va NATOni ayblagan. Keyinçalik suiqasd uçun javobgarlikni «Ateş» partizanlik harakati öz zimmasiga olgan.

















