Moskvadagi harbiy sud 30 sentabr, duşanba kuni kremlparast yozuvçi Zaxar Prilepinga suiqasd uyuştirişda ayblangan asli ukrainalik Aleksandr Permyakovni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Erkak dastlabki beş yilni qamoqda, qolgan vaqtini maxsus rejimli koloniyada ötkazadi.
Permyakov Jinoyat kodeksining olti moddasi böyiça aybdor deb topildi: terrorçilik böyiça tayyorgarlikdan ötiş, noqonuniy qurol saqlaş, hujjatlarni qalbakilaştiriş, terakt, portlovçi moddalarni noqonuniy işlab çiqariş va portlovçi qurilmalarni saqlaş. Bundan taşqari, u 700 ming rubl miqdorida jarima tölaşga majbur böladi.
Prilepin 2023 yil may boşida avtomobil portlaşi oqibatida jarohatlangan
Kremlparast yozuvçi Zaxar Prilepinning Audi Q7 avtomobili 6 may kuni Nijniy Novgorod yaqinidagi Pionerskoye qişloğida portlab ketdi. Portlaş natijasida Prilepin yaralandi, uning haydovçisi Aleksandr Şubin halok böldi. Prilepin Donbassga taşrifidan söng Moskvaga qaytayotgan bölgan va çegara hududidagi nazorat-ötkaziş punktini kesib ötgan. U tuşlikdan keyin maşinaga qaytganidan keyin portlaş sodir böldi.
Xuddi şu kuni jinoyat sodir etilgan joydan unçalik uzoq bölmagan örmon zonasida Aleksandr Permyakov qölga olindi, uning yonidan Rossiya va Ukraina pasportlari hamda Qozoğistonning qalbaki pasporti, jangovar töpponça, plastir, beşta sim-karta, ikkita bank kartasi, naqd rubl va grivna, fonar, kompas, çaqmoq toş, önta telefon raqamlari va ismlar yozilgan qoğoz topildi.
Politsiya bölimida Permyakov aybini tan oldi. Ekspertiza uni qölga oliş vaqtida qöllarida portlovçi moddaning izlari borligini aniqladi. «Mediazona» şuningdek, qölga olingandan söng Permyakov Şubinning ölimidan qayğuda ekanini, lekin Prilepin ölmaganidan afsusda ekanligini aytganini aniqladi.

















