Rossiya prokuraturasi uruş tarafdori bölgan jamoat arbobi va yozuvçi Zaxar Prilepinning maşinasini portlatganlikda ayblangan Aleksandr Permyakovni maxsus rejimli koloniyada umrbod qamoq jazosiga hukm qilişni söramoqda. Bu haqda 27 sentabr, juma kuni 2-ğarbiy okrug harbiy sudi zalidan «Mediazona» muxbiri xabar berdi. Prokuror Nadejda Tixonova jinoyatning ijtimoiy xavfliligini «katta» deb atadi va ayblanuvçining «qat’iy ğayriijtimoiy munosabatlari va ijtimoiy xavfli manfaatlarini» qayd etdi.

Öz navbatida, advokat Permyakovga tegişli epizodlar böyiça jinoiy ta’qibni töxtatişni söradi, deb yozadi «Mediazona». Himoyaçi, şuningdek, Permyakov sudlanmaganligini, «prokuratura dalillariga zid ravişda», öz aybiga töliq iqror bölganini va «jinoyatni oçişga faol hissa qöşganini», onasi esa bir qator surunkali kasalliklarga ega ekanligini hisobga olişni söradi. Şuning uçun advokat suddan Permyakovga «bu şaroitda minimal darajada mumkin bölgan» jazo tayinlaşni iltimos qildi.

Ayblanuvçi Permyakov öz fikrini bildirmadi. Jabrlanuvçi Prilepin munozarada iştirok etişdan boş tortdi va Permyakovni «qonunga muvofiq» jazolaşni söradi. Sud hukmni 30 sentabr kuni e’lon qilişi kerak.

Prilepin 2023 yil may boşida avtomobil portlaşi oqibatida jarohatlangan edi

Kremlparast yozuvçi Zaxar Prilepinning Audi Q7 avtomobili 6 may kuni Nijniy Novgorod yaqinidagi Pionerskoye qişloğida portlab ketdi. Portlaş natijasida Prilepin yaralandi, uning haydovçisi Aleksandr Şubin halok böldi. Prilepin Donbassga taşrifidan söng Moskvaga qaytayotgan bölgan va çegara hududidagi nazorat-ötkaziş punktini kesib ötgan. U tuşlikdan keyin maşinaga qaytganidan keyin portlaş sodir böldi.

Xuddi şu kuni jinoyat sodir etilgan joydan unçalik uzoq bölmagan örmon zonasida Aleksandr Permyakov qölga olindi, uning yonidan Rossiya va Ukraina pasportlari hamda Qozoğistonning qalbaki pasporti, jangovar töpponça, plastir, beşta sim-karta, ikkita bank kartasi, naqd rubl va grivna, fonar, kompas, çaqmoq toş, önta telefon raqamlari va ismlar yozilgan qoğoz topildi.

Politsiya bölimida Permyakov aybini tan oldi. Ekspertiza uni qölga oliş vaqtida qöllarida portlovçi moddaning izlari borligini aniqladi. «Mediazona» şuningdek, qölga olingandan söng Permyakov Şubinning ölimidan qayğuda ekanini, lekin Prilepin ölmaganidan afsusda ekanligini aytganini aniqladi.