Surxondaryoda voyaga yetmagan ösmir YPX xodimlarining qonuniy talablariga böysunmay, ularni maşinada sudrab ketgan.
Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berişiça, hodisa 2023 yil 26 dekabr kuni Denov tumanida sodir bölgan.
Tumanning Ş.Raşidov köçasida xizmat olib borayotgan YPX inspektori hududda örnatilgan 3.27 yöl belgisi ta’sir doirasida töxtab turgan “Jyentra” maşinasi haydovçisidan hujjatlarini taqdim etişini söragan.
Haydovçi 16 yoşli ösmir hujjatlari yöqligini va otasi kelib taqdim etişini ma’lum qilib, maşinani öt oldirib ketişga urinadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda YPX xodimlari uning yölini tösganda haydovçi ularni sudrab ketganini köriş mumkin.

Olib borilgan tezkor çoralar natijasida maşina töxtatilib, haydovçi tuman Denov tumani IIBga olib borib topşirilgan.
Hodisa natijasida heç kimga tan jarohati kuzatilmagan. Hozirda holat yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.
















