Bugun, 28 dekabr kuni Surxondaryo viloyati Bandixon tumanining «Polvontoş» mahallasi hududidan ötuvçi «Muzrabot-Duşanbe» magistral gaz quvurining 101-190 km oraliğidagi D-700 mm bölgan magistral gaz quvurida avariya holati yuzaga kelgan.

Viloyat hokimligi xabariga köra, «Hududgaz Surxondaryo» gaz ta’minoti filiali tomonidan avariya holatini bartaraf etiş va tabiiy gaz ta’minotini tiklaş çoralari körilmoqda. Şu munosabat bilan bugun soat 6:30 dan viloyatning quyidagi şahar va tumanlaridagi iste’molçilarga tabiiy gaz yetkazib beriş vaqtinça töxtatildi:

Termiz şahri;
Bandixon tumani;
Qiziriq tumani;
Muzrabot tumani;
Termiz tumani;
Jarqörğon tumani;
Qumqörğon tumani;
Angor tumani;
Şerobod tumani.

Ta’mirlaş işlari tugatilgandan söng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Gaz ta’minoti filiali yuzaga kelayotgan noqulayliklar uçun barça tabiiy gaz iste’molçilaridan uzr söragan hamda yaqin vaqtlar içida ta’minotni tiklaş böyiça tezkor çoralar körilayotganini ma’lum qilgan.