Surxondaryoda mobil kompleks (multiradar) bilan jihozlangan avtomobilda xizmat olib borayotgan xodimning faoliyatiga tösqinlik qilişga uringan aka-ukalarga nisbatan sud tomonidan çora körildi. Bu haqda IIV YHXX matbuot xizmati xabar berdi.
Surxondaryo viloyatidagi M-41 xalqaro avtomobil yölida YPX xodimlari multiradar örnatilgan avtomobilda xizmat faoliyatini amalga oşirayotgan bölgan. Şu payt mazkur yölda harakatlanib kelayotgan boşqa bir avtomobil haydovçisi YPX xodimlarini töxtatib, ular bilan janjallaşgan.
Jinoyat işlari böyiça Denov tumani sudi qarori bilan huquqbuzarlarga nisbatan 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
«Maşinaning içidan kalitni olmoqçi bölib, ozgina tortişdik. YPX xodimining işiga noqonuniy aralaşdik. Notöğri iş qilganimizdan uzr söraymiz. Boşqa bu iş qaytarilmaydi», degan huquqbuzar haydovçi.

















