Surxondaryo viloyatida huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan XIX asr oxiriga oid oltin tangani sotayotgan şaxslar uşlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tezkor tadbirda fuqarolar J.A. va A.J. XIX asr oxiriga oid oltin tangani fuqaro A.Ye.ga 100 ming dollarga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan. Tanga «Petru Bogdanovu 1899» yozuvli, vazni 61,69 gramm va madaniy boylikka taalluqli bölgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (Valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravişda oliş yoki ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari ötkazilmoqda.

















