Dastlabki ma’lumotlarga köra, Belgorod va Belgorod viloyatini öqqa tutiş vaqtida ikki kişi yaralangan. Bu haqda viloyat gubernatori Vyaçeslav Gladkov 5 yanvar, jumaga ötar keçasi özining Telegram-kanalida ma’lum qildi. «Dastlabki ma’lumotlarga köra, ikki jabrlanuvçi bor: bir erkak bilagidan, ikkinçisi oyoği pastki qismidan jarohat olgan», — deb yozadi u.

Otişma oqibatlari haqidagi ma’lumotlarga oydinlik kiritilmoqda, biroq Gladkovning sözlariga köra, şaharning turar joy sektoriga zarar yetgan – köp qavatli uyning bir neçta xonadonlari oynalari singan, 30 dan ortiq avtomobil zarar körgan. Belgorod viloyatida bir xonadonning tomi va bir avtomobilga şikast yetgan.

Belgorod aholisi ijtimoiy tarmoqlarda otişmaning birinçi oqibatlari haqida materiallar joylaştirdi. Xususan, e’lon qilingan fotosuratlar va videolarda köp qavatli uy yonidagi avtoturargohga raketa yoki snaryad parçalari tuşgani körinib turibdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi önta raketa yöq qilinganini bildirdi

Bir kun oldin Rossiya Mudofaa vazirligi «Kiyev rejimining «Olxa» yalpi öt oçiş reaktiv tizimidan foydalangan holda Rossiya Federatsiyasi hududidagi nişonlarga terrorçilik hujumi uyuştirişga urinişi bostirilgani» haqida ma’lum qildi. Navbatçi tizimlar Belgorod viloyatida 10 ta raketani yöq qildi.

Ukrainaga ommaviy zarbalarga javoban Belgorodning öqqa tutilişi

Sönggi kunlarda Belgorod öq ostida qoldi. 30 dekabr kuni şahar markazi öqqa tutilişi natijasida 25 kişi halok böldi – bu Rossiyaning Ukrainaga hujumi boşlanganidan beri Rossiya şahridagi eng köp qurbonlar soni. «RBK-Ukraina» naşri Ukraina maxsus xizmatlaridagi manbalarga tayanib, hujum harbiy obektlarga amalga oşirilganini ma’lum qildi.

Mintaqaning öqqa tutilişi Rossiya qöşinlarining Ukrainaga, şu jumladan Belgorod qöşnisi Xarkivga raketa hujumlari fonida sodir bölmoqda.