Kam ta’minlanganlarga QQS summasi qaytarib beriladigan tovarlar ro‘yxati kengaytirildi
Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan fuqarolar QQS to‘lovchisi bo‘lgan tadbirkorlardan un, shakar, dori vositalarini sotib olganida va ularning tibbiy xizmatlaridan foydalanganida 12 foiz keshbek qaytariladi. Bungacha ushbu ro‘yxat mol, qo‘y va parranda go‘shti, tuxum va o‘simlik moyidan iborat edi.
Prezident qarori bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.Xususan, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinganda QQS summasi qaytarib beriladigan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatiga quyidagilar kiritildi:
- un;
- shakar;
- dori vositalari va tibbiy xizmatlar.
Bunda qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarish oyiga BHMning 10 baravarigacha bo‘lgan xaridlar summasi doirasida amalga oshirilishi belgilandi.
Ma’lumot uchun, 2023 yil 1 maydan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar chakana savdo obektlaridan ayrim tovarlarni sotib olganda xarid summasidan 1 foiz miqdordagi keshbek o‘rniga 12 foiz QQS qaytarilib kelinmoqda.
Shu paytgacha QQS qaytarib beriladigan mahsulotlar ro‘yxatida quyidagi mahsulotlar bo‘lgan:
- qo‘y go‘shti;
- parranda go‘shti;
- mol go‘shti;
- tuxum;
- o‘simlik yog‘i.
Keshbek qaytarish tartibi qanday?
QQSni qaytarib olish uchun “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”dagi iste’molchi “Soliq” mobil ilovasini yuklab olib, Face-ID orqali ro‘yxatdan o‘tishi hamda ilovada xarid chekining QR-kodini skanerlashi lozim.
QQS qaytarilishi uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
- xaridor “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da bo‘lishi;
- sotib olingan mahsulot QQS qaytariladigan mahsulotlar ro‘yxatiga kirishi;
- tadbirkorning QQS to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgani.
Reyestrdagi iste’molchi:
- QQS qaytariladigan mahsulotlar bilan birga boshqa turdagi mahsulotlarni xarid qilib, chekni ro‘yxatdan o‘tkazganda, QQS qaytariladigan mahsulotlar uchun 12 foiz, boshqa turdagi mahsulotlar uchun 1 foiz keshbekka ega bo‘ladi;
- QQS to‘lovchisi bo‘lmagan tadbirkorlik sub’yektidan QQS qaytariladigan mahsulotlar sotib olganda, hozirgidek 1 foiz keshbek qaytariladi.
QQS summasi chek ro‘yxatdan o‘tkazilgan oydan keyin oyning 25-sanasidan so‘ng “Soliq” mobil ilovasi orqali to‘lab beriladi.
Tavsiya etamiz
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
O‘zbekiston | 14:30 / 27.05.2025
“Viza berishni osonlashtirish haqida gap-so‘z yo‘q” – AQSh elchixonasi
O‘zbekiston | 19:28 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
Jahon | 16:40 / 26.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada olti panjali mushuk dunyoga keldi
Jahon | 00:19
-
Tramp Zelenskiy va Putin bilan uchrashishga tayyorligini ma’lum qildi
Jahon | 00:17
-
Italiya bosh vaziri Registon ansambli va «Boqiy shahar» majmuasi bilan tanishdi - foto
O‘zbekiston | 23:47 / 28.05.2025
-
Ispaniyada IIVning sobiq davlat kotibi jinoiy guruh ishi doirasida hibsga olindi
Jahon | 23:34 / 28.05.2025
Mavzuga oid

16:08 / 24.05.2025
82 milliard so‘mlik QQS tadbirkorlarga noqonuniy qaytarilgani aniqlandi – DXX

11:39 / 05.05.2025
Kam ta’minlangan oilalarga 19 mlrd so‘mdan ortiq QQS qaytarildi

12:11 / 27.03.2025
Barcha farmatsevtika va tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar QQS to‘lovchisiga aylanadi

10:56 / 18.03.2025