Bolajon xalqmiz deymiz-u, lekin bolani kaltaklaşga, kamsitişga, unga zuğum ötkazişga, yaratgan şaroitimizni minnat qilişga, hatto odam örnida körmaslikka normal qaraydigan, kerak bölsa zulmni oqlab beradigan insonlar oramizda juda köp. Bu xarakterimizni kamerali telefonlar va ijtimoiy tarmoqlar davri yaqqol oçib taşladi.

Oxirgi yillarda boğçalarda, maktablarda va eng açinarlisi, oilalarda bolalarga nisbatan zöravonlik aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez tarqalmoqda.

Bu videolarning köpligi va ular ostida yozilayotgan izohlar bir xulosaga yetaklaydi: biz – bolalarga nisbatan zulmga haddan ortiq darajada toqatli jamiyatmiz.

Kun.uz'ning navbatdagi “Boriça” podkasti şu mavzuda böldi.

Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova respublikamizda erkak ayoliga yoki ayol eriga jahlini körsatiş maqsadida bolalardan qurol sifatida foydalaniş köpaygani, yil oxirida Jizzaxda otasi tomonidan tahqirlangan bolaning taqdiri haqida gapirdi:

“Bu vaziyatda ota-onaning bolaga munosabati asosida bolani alohida şaxs sifatida körmaslik yotibdi, deb hisoblayman. Çunki bu oiladagi muhit, bolaga bölgan munosabat şundan dalolat berib turibdi. Afsuslanarli tarafi şundaki, bu vaziyat ança davom etgan bölsa-da, ona bu haqdagi xabarni bola 1 yoşga tölgandan keyin beryapti. Bunga turli sabablar bor, onani ayblaş ham töğri bölmaydi. U ham öz örnida öşa zöravon erining qurboniga aylangan. E’tibor bergan bölsangiz, bu holat böyiça erkakka nisbatan nafaqat bolani nisbatan muttasil qiynaş, balki ayolini öldiriş bilan tahdid qiliş böyiça ham jinoiy iş qözğatilgan. Çunki eri tomonidan “bu haqda xabar bersang, seni öldiraman” degan tahdidlar bölgan. Şuning uçun öz vaqtida xabar bermagan.

Bugungi kunda nafaqat bola uçun zarur yordam, balki onaga ham kerakli ijtimoiy-psixologik kömak körsatiş çoralari körilyapti. Uning xavfsizligi ham ta’minlanmoqda”, – dedi u.

Ma’lumotlarga köra, 2023 yilning 9 oyi mobaynida Özbekistonda 22 nafar bola zöravonlik oqibatida dunyodan ötgan.

Surayyo Rahmonova bu holatlar ota-onalarning farzand körişga tayyor bölmay turib oila qurayotgani bilan boğliqligi, bu bilan boğliq stereotiplar borligini ta’kidladi.

Oila psixologi Şoira Isoqovaning sözlariga köra, bolaligida har qanday zöravonlikka uçragan bolalarning asab tizimi işdan çiqadi va bu uning kelajagi uçun salbiy ta’sirlar keltiradi.

“Bunday bolalar asabiy, agressiv, tajovuzkor bölib ulğayişadi. Bitta misol keltiraman: bolaligida ana şunday muhitda katta bölgan bola 2 yil oldin ayolini öldirib qöygan. Çunki öşa agressivlik bolani oxir-oqibat şunday holatga keltirib qöygan. Zöravonlik heç qaçon izsiz ketmaydi.

Zöravonlikka uçragan bolalardan kaltak yegan paytlarida özlarini qanday his qilganliklari haqida söraganimda: “Iç-içimdan otamga nisbatan juda katta nafratni his qilganman, tezroq katta bölib, ularni taşlab ketişni va heç qaçon qaytmaslikni öylaganman” deyişadi. Biz ilmsizligimiz oqibatida bolalarni yaxşi körmasdan, farzand dunyoga keltiramiz.

Bir tadqiqotda maktab öquvçilariga savol berdim: “Ota-onani tanlaş imkoniyati berilganida, hozirgi ota-onangizni tanlagan bölarmidingiz?” deb. Ularning katta qismi “yöq” deb javob berişdi. Sababini söralganida esa: “Meni kamsitadi, minnat qiladi – seni boqyapman, tuğganman, sen meni aytganimni qilişga majbursan deb” kabi javoblarni berişdi. Bolalarga nisbatan tahqirlaş, ta’na qiliş, hadeb tanqid qilişlar köp”, – dedi psixolog.

Dolzarb mavzu kötarilgan podkast bilan yuqoridagi video orqali töliq tanişişingiz mumkin.

Gulmira Toşniyozova, jurnalist
Tasvirçi: Mirvohid Mirrahimov
Montaj ustasi: Nuriddin Nursaidov