Boş vazirga Andijon viloyatining Baliqçi va Jalalquduq, Toşkent şahrining Bektemir, Mirobod, Olmazor, Çilonzor, Yunusobod va Yakkasaroy tumanlari hokimlarining lavozimiga loyiqligini hal qiliş topşirildi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida 2024 yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanişni ta’minlaş böyiça ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yiğilişda ma’lum qilingan.
Yiğilişda budjet tuşumi uçun eng katta zaxira – yerlarni tadbirkorlarga auksion orqali sotiş ekani ta’kidlangan.
«Ötgan yili bundan 1 trillion söm tuşum böldi, 12 mingta yangi loyihalar qöşildi. Lekin joylardagi sustkaşlik bois, ötgan yili 3 trillion söm qöşimça tuşum boy berildi.
Boş vazirga yil davomida auksionga umuman yer çiqarmagan Baliqçi, Jalaquduq, Bektemir, Mirobod, Olmazor, Çilonzor, Yunusobod, Yakkasaroy tumanlari hokimlarining lavozimiga loyiqligini hal qiliş topşirildi», deyiladi xabarda.
Davaktiv agentligi yerlarni auksionda sotiş böyiça 4 trillion sömlik rejani tumanbay işlab çiqişi va ijrosini ta’minlaşi belgilandi.
Tumanning master rejasi bölsa, bu juda katta mablağ, tadbirkorlar va bandlik uçun manba böladi. Lekin hozirgaça bor-yöği 17 ta kiçik aholi punktining master rejasi tayyorlandi.
Iqtisodiy kompleks rahbariyatiga yil yakuniga qadar 70 ta, kelasi yili barça tumanlarning master rejalarini işlab çiqişga topşiriq berildi.
Ma’lumot uçun:
- Andijon viloyatining Baliqçi tumaniga 2018 yil mayidan buyon Jasur Abdurayimov;
- Andijon viloyatining Jalaquduq tumaniga 2020 yil sentabridan buyon Hikmatullo Latipov;
- Toşkent şahrining Bektemir tumaniga 2021 yil iyulidan buyon Tapil Mahamadziyayev;
- Toşkent şahrining Mirobod tumaniga 2023 yil oktyabridan buyon Anvar Sayfutdinov;
- Toşkent şahrining Olmazor tumaniga 2021 yil avgustidan buyon












