Kun.uz’ga kelib tuşgan murojaatda Xatirçi tumanidagi 55-umumta’lim maktabi direktorining öquv işlari böyiça örinbosari Abror Qurbonov 11-sinf öquvçisini urib, unga tan jarohati yetkazgani aytiladi.

Murojaatda aytilişiça, bu Abror Qurbonovning öquvçilarga jarohat yetkazgan ilk holati emas: u oldinroq – 2023 yilning oktyabr oyida maktabning 10-sinfida öqiydigan öquvçini ham quloğiga urib, jarohatlagan.  

“Çorşanba kuni edi, dars bölmagani uçun oşxonaga kirdik. Şu payt “zavuç”imiz kelib, nima qilyapsizlar bu yerda, deya söradi. Test işlab ötirganimizni aytdim. Keyin oyoğimdan tepdi. Oyoğimning bir tomirçasi yorilib ketib, qonab yurdi. Keyin şifokorga bordim va gips qildirib keldim”, deydi oyoğidan jarohat olgan öquvçi.

Navoiy viloyati IIB axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, direktor örinbosariga nisbatan birinçi holat böyiça 2023 yilning oktyabr oyida Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41-moddasi (haqorat qiliş) va 52-moddasi (yengil tan jarohati yetkaziş) bilan, ikkinçi holat böyiça esa 2023 yilning noyabr oyida Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 52-moddasi bilan ma’muriy iş qözğatilgan hamda töplangan hujjatlar sudga yuborilgan.

Kun.uz holat yuzasidan Navoiy viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi bilan boğlandi. Boşqarma matbuot xizmatiga köra, holat böyiça maktab direktoridan tuşuntiriş xati olingan. Direktor örinbosari esa ayni paytda mehnat ta’tiliga çiqib ketgan. Tegişli çora u işga qaytgaç köriladi.

Oldinroq Xorazm va Qaşqadaryo viloyatlarida ham öqituvçilar tomonidan öquvçilarni kaltaklaş holatlari kuzatilgandi.