Ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryo viloyatidagi maktablardan birida öqituvçi 3-sinf öquvçisi bölgan bolani sinfdoşlarining oldida urgani tasvirlangan video tarqaldi.
Ma’lum bölişiça, hodisa Ğuzor tumani «Paçkamar» MFYda joylaşgan 40-maktab filialida sodir bölgan. Öqituvçi A.X. 3-sinf öquvçisi E.S.ni urgan.
Ğuzor tumani hokimligi axborot xizmatining xabar berişiça, holat Ğuzor tumani IIB tomonidan tegişli tartibda röyxatga olingan.
Hozirda tergovga qadar suriştiruv harakatlari boşlab yuborilgan.
«Tergovga qadar tekşiruv harakatlari natijasi böyiça qöşimça ravişda ma’lumot beriladi» deyiladi munosabatda.
Maktablarda öquvçilarning öqituvçi yoki aksinça ustozlarning öquvçilar yoki boşqa şaxslar tomonidan kaltaklanişi avval ham kuzatilgan.
Xususan, 2022 yilning oktyabrida Namanganda öquvçi sinfdoşi bilan urişib, darsga xalal bergani uçun öqituvçi bolani kaltaklagandi. Keyin unga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan edi.
Öşa yili noyabr oyida esa Buxoro viloyatidagi maktablardan birida darsda öqituvçi berilgan vazifani tekşiriş davomida boşlanğiç sinf öquvçilarini ayovsiz urgandi.
2023 yil aprel oyida esa Surxondaryoning Uzun tumanidagi 31-maktabda ikki ayol öqituvçi erkak hamkasbi tomonidan döpposlangandi. Holat böyiça jinoyat işi oradan 4 kun ötib, video internetda tarqalganidan keyin qözğatilgandi va muştumzör qölga olingandi.
Şu yil may oyida poytaxtning Çilonzor tumanidagi 178-maktabda boşlanğiç sinf öqituvçisi öquvçining onasi tomonidan kaltaklangandi.

















