Farg‘onada 11 yoshli qizning zo‘rlab o‘ldirilgani yuzasidan uch o‘smirga hukm o‘qildi
Sud hukmiga ko‘ra, ikki o‘smirga 13 va 14 yilga ozodlikdan mahrum qilish, uchinchisiga esa 2 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
2024 yil 15 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudida 11 yoshli qizning zo‘rlab o‘ldirib ketilishiga doir jinoyat ishi yuzasidan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati sudi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, sud hukmi bilan voyaga yetmagan sudlanuvchi M.S.ga Jinoyat kodeksi 25, 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismining «v, z, o» bandlari, 118-moddasi 4-qismi (o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish), 119-moddasining 4-qismi bilan (o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) ushbu kodeksning 85-moddasi hamda 59-moddasining 3-qismi tartibida 14 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Voyaga yetmagan sudlanuvchi D.A.ga Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining «v, z, o» bandlari, 118-moddasining 4-qismi va 119-moddasining 4-qismi bilan ushbu kodeksning 85-moddasi hamda 59-moddasining 3-qismi tartibida 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi berilgan.
Shuningdek, voyaga yetmagan sudlanuvchi B.X.ga Jinoyat kodeksi 241-moddasining 2-qismi bilan (jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish) kodeksning 62, 84−1-moddalari tartibida 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
Hukmdan norozi taraflar tegishli muddatda Farg‘ona viloyat sudiga apellyatsiya tartibida shikoyat berish huquqi tushuntirilgan. Jinoyat ishi yopiq sud majlisida ko‘rilgani bois ish tafsiloti oshkor etilmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 20 iyul kuni Farg‘ona shahri Yangi Asr ko‘chasida joylashgan qurilishi tugallanmagan bino yonidan 11 yoshli qizning murdasi zo‘rlash alomatlari bilan topilgandi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97 (qasddan odam o‘ldirish), 118 (nomusga tegish) va 119 (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Keyinchalik Farg‘ona shahridagi 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi qizning uyiga kelib, onasi uni chaqirayotganini aytgan va uydan olib chiqib ketgani oydinlashgandi.
2023 yil 28 iyul kuni Farg‘onada ichki ishlar tizimi bo‘yicha videoselektor o‘tkazgan prezident ushbu voqeani ham tilga olib, bu holat vaziyat qanchalik og‘irligini ko‘rsatib turganini ta’kidlab o‘tgandi.
Tavsiya etamiz
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43 / 29.06.2025
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy elektr tamoqlarini ishdan chiqaradigan raketaning «yangi turi»ni namoyish etdi
Jahon | 11:08
-
Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazadi
O‘zbekiston | 11:05
-
Yevropada rekord darajadagi jazirama: Fransiyada yong‘inlar, Germaniyada qurg‘oqchilik
Jahon | 10:58
-
Reuters: Eronda 9 ta atom bombasi uchun yashirin uran zaxiralari bo‘lishi mumkin
Jahon | 10:10
Mavzuga oid

23:00 / 28.06.2025
Rossiya bosqiniga 160 yil, pensiya yoshini oshirish taklifi va administratsiyada o‘zgarishlar - hafta dayjesti

16:59 / 23.06.2025
“Yasalgan” jinoyat: Navoiyda ikki qiz IIB “rezultati” uchun qamoqqa tiqildi

12:00 / 23.06.2025
Aeroportda tanasiga 250 gramm quyma oltinni yashirib olib o‘tayotgan shaxs ushlandi

18:19 / 20.06.2025