1-taklif. Respondentlarning 80,7 foizi çang kötarilişini kamaytiriş uçun barça oçiq maydonlarga daraxtlar va köp yillik ötlarni ekiş orqali “yaşil belboğ” yaratiş kerak, deb hisoblaydi. Şu bilan birga, ekilgan daraxtlarni doimiy parvarişlaş, monitoring qiliş, kesiş holatlariga jazoni kuçaytiriş muhimligini ham qöşimça qilişgan.

2-taklif. Sörovda qatnaşgan ekologlarning 74,4 foizi şaharsozlik Boş rejalari tasdiqlanmagunça yangi, ayniqsa, köp qavatli va noturar binolar qurilişiga moratoriy joriy etiş, qurilişlarga faqat “yaşil” standartlar doirasida ruxsat beriş zarurligini ta’kidlagan.

3-taklif. 70,1 foizi respondent esa havoni ifloslantiruvçi omillar haqida aniq tuşunça va ma’lumotlarga ega böliş uçun maxsus uskunalar orqali ifloslantiruvçi manbalarni (korxona, zavod, issiqxona va h.k.) monitoring qiliş va buning uçun mas’ul idoralar, NNTlar vakillaridan iborat tezkor monitoring guruhini tuziş şartligini bildirgan. Monitoringda asosiy urğuni quyidagilarga qaratiş tavsiya etilgan.

  • ifloslaniş darajasi, sabablari va tarkibini örganiş, uni bartaraf etiş çoralarini işlab çiqiş;
  • natijalarini OAVda e’lon qilib boriş;
  • havoni ifloslantirişga sabab bölgan korxonalarga ijobiy xulosalar yoki faoliyat yuritişi uçun ruxsatnomalar bergan şaxslarni javobgarlikka tortiş;
  • qoidabuzarlarga jarima va jazo çoralarini qöllaş;
  • havo sifatini yaxşilaş böyiça tavsiyalar işlab çiqiş.

4-taklif. Sörovnomaning 57.3 foizi esa havoning ifloslanganlik holati haqida aholini xabardor etiş uçun kengroq işlar qiliş kerakligiga urğu bergan. Axborot bilan ta’minlaş tizimli, doimiy va ekolog mutaxassislarning ma’lumotlariga tayanilgan bölişi kerak

5-taklif. Ekspertlar barça transport vositalarini, jumladan, traktor va texnikalarni rejadan taşqari texnik körikdan ötkaziş taklifini qöllab-quvvatlagan (53 foiz). Şuningdek, ular nosoz uskunalardan foydalanişni taqiqlaşni yoqlagan.