3 yoşli Muxtorjon Mirrahmonov “Ambronol” siropidan nogironga aylangan. Uning otasi, buxorolik Ğofurjon Rahimovning ma’lum qilişiça, farzandi ikki oydan ziyod komada yotgan.

“Farzandim 2020 yil 28 dekabrda tuğilgan. 2022 yilda şamollab qoldi, yötali qolmadi. Patronaj vraçimizga olib bordik. U kişi ukol qilaman, dedi, men birorta sirop yoki talbletka yozib berişini söradim. Keyin “Ambroksol” siropini aytdi. Dorixonada dorixonaçi ayolimga “Ambroksol” yöqligi uçun örniga “Ambronol” tavsiya qilibdi. Öşani 3 kun 2 mahaldan içirdik. Şundan keyin alomatlar boşlandi, qayt qildi, yurolmay faqat yotadi, yerga ursa, kökka sapçiydigan bola ovqat yemay qöydi. Tuman tez yordamga olib bordik, u yerdan reanimatsiyaga yuborişdi. Ammo u yerda dializ apparati bölmagani uçun Buxoro viloyati kasalxonasiga yöllanma berişdi. Ammo u yerda ham bolalar uçun kateter yöq ekan, buni biz davolay olmaymiz, Toşkentdagi 16-şahar “balnitsa”ga olib boring deb, jönatib yuborişdi, — deydi jabrlanuvçi ota.

Buxorolik jabrlanuvçining aytişiça, Toşkentdagi şifoxonaga olib kelingan öğli 2022 yilning 30 dekabr kunidan 2023 yilning mart oyigaça komada yotgan. 

“Har kuni “döxtir”dan sörayman. Komaning ham har xil körinişi bor ekan. Ikkiga tuşib qoldi, uçga tuşdi, törtga tuşdi, tayyorgarligingni kör deyişdi. Bu holatni heç kimga ravo körmayman, bolam komadan çiqqaç, körmaydigan, eşitmaydigan nogironga aylandi.

Qarzlarim köpayib ketdi. Itdan bir suyak qarz böldim. Bir amallab keça davlatdan yana 350 mln söm kredit olib, öğlimni Hindistonga yubordim. Lekin közini davolaş qiyin deyapti ekan u yoqda ham, 20-30 foiz holatda tuzalişi mumkin, deyişyapti. Hozir nogironlik rasmiylaştirganmiz. Qölidan uşlab yetaklasa yuradi, oyoq-qölida asorat yöq, faqat közi bilan quloğida böldi”, deydi jablanuvçi.

U sudda farzandini töliq davolatiş uçun 100 ming dollar kompensatsiya söradi.

Dok-1 Maks işi böyiça navbatdagi sud majlisi 24 yanvar kuni ötkaziladi.

Oldingi sud majlisida farzandi nogiron bölib qolgan ikki jabrlanuvçi bolasini davolatiş uçun 5 mlrd sömdan kompensatsiya talab