“Uzoq yillik rejada kömir stansiyalariga ötiş notöğri” – energetik bilan suhbat
|22:10 / 20.01.202412 2328 min
Germaniyadagi özbek energetigi Ravşan Xöjanov kömirga ötiş siyosati uzoq davom ettirilişi xato bölişini, soha uçun bu vaqtinçalik yeçim ekanini aytmoqda. Uning ta’kidlaşiça, kömir stansiyalariga faqat zaharli gazlar taşqariga çiqarilmagan taqdirda ötiş mumkin. “Bizning [Özbekistonning] stansiyalarimiz, kömirimiz Yevropa standartlariga javob bermasligi mumkin. Javob berişi uçun yangi texnologiya, yangi innovatsiyalar, investorlarni jalb qilişimiz kerak”, – dedi u Kun.uzʼga bergan intervyusida.
17 noyabrning keçidan boşlab Toşkentda çang aralaş quyuq tumanli havo kuzatilmoqda. Iqlimşunos Erkin Abdulahatov inversiya hodisasi kuzatilganda kömir kuli, qurumi va boşqa havoni ifloslantiruvçi moddalar uzoq muddat havoda muallaq turiş xususiyatiga egaligini eslatdi.
Esingizda bölsa, ança avvalroq Ekologiya vazirligi havoni ifloslantiruvçi asosiy manbalardan biri bu kömir va mazut çiqayotgan zaharli taşlanmalar ekanini aytgandi. Ayni vaqtda esa Özbekiston energetikasi kömirga ötiş siyosatini olib bormoqda.
Ammo köplab mutaxassislar bu vaqtinçalik yeçim ekanini, jarayonda boşqa muqobil variantlarni öylaş lozimligini aytişmoqda. Ayni şu haqda batafsil gaplaşiş uçun Kun.uz Germaniyadagi özbek energetigi Ravşan Xöjanov bilan suhbatlaşdi.
– Dastlab butun dunyoda hatto rivojlangan davlatlar ham kömirdan foydalanişga ötişayotgani haqida söramoqçiman. Nima sabab aynan kömirga ötiş tanlandi va bunga munosabatingiz qanday?
– Judayam töğri ta’kidladingiz, dunyoda rivojlangan davlatlar boşida kömir stansiyalaridan voz keçayotgan bölsa, hozir yana asta-sekin kömir stansiyalarini tarmoqqa ulaşmoqda. Buning öziga yaraşa turli xil sabablari: siyosiy-iqtisodiy sabablari bor. Germaniyaning misolida oladigan bölsak, Yevropada Germaniyada ança-munça kömir stansiyalari yopilgandi, yopilayotgandi va közda tutilmagan siyosiy sabablar, gaz yetişmovçiligi sababidan ötgan yildan taxminan 2 gegavatt kömir stansiyasini tarmoqqa uladi, bu majburiy, vaqtinçalik yeçim sifatida qilindi. Va bu kömir stansiyalari taxminan 3 tani, ularning umumiy quvvati 2 gegavattni taşkil qiladi. Bularni 2024 yilning bahorigaça işlatişmoqçi.
Mavzuga oid
Özingizga ma’lum, bahordan boşlab kunlar isiydi, quyoş çiqadi, şamol stansiyalari işga tuşsa, uni [kömir stansiyalarining faoliyatini] töxtatiş mumkin. Bu majburiy yeçim hisoblanadi. Va buning oqibatida atrof-muhitga zaharli gazlarning taşlanişi – tabiiy hol. 4 ta stansiyadan taşqariga taşlanadigan zaharli gazlari taxminan 15 mln tonnani taşkil qiladi. Bu esa 2022-2023-yillarga hisoblaganda, umumiy Germaniyada 750 mln tonna zaharli gaz taşqariga taşlangan sanaladi. 15 mln tonna esa ortiqça hisoblanadi, 2 gegavatt kömir stansiyasini işga tuşirgani uçun.
– Germaniya bu jarayonda ekologiya buzilişi, havo ifloslanişining oldini oliş uçun qanday çoralar köradi?
– Boya aytib ötganimdek, bu – majburiy bölgan yeçim. Xolis öylab köring, agar hukumat bu qarorga kelmasa, nima bölişi mumkin? Energotizim işdan çiqişi mumkin, aholi yoki iste’molçilar elektr energiyasiz qolib ketişi mumkin. Şuning uçun ham ular maksimal darajada muqobil energiyadan foydalanadi va an’anaviy elektr energiya manbalaridan minimal foydalanişga harakat qilişadi. Hozir hisoblaydigan bölsak, Germaniyada 2023 yilda taxminan 400 teravattdan ortiq elektr energiyasi işlab çiqarildi, şundan 60 foizi muqobil energiya, 40 foizi an’anaviy energiya manbalari hissasiga töğri keladi.
Siz söragan savolga javob bersam, ya’ni bu jarayonda qanday qilib atrof-muhitga zaharli gaz taşlanmalari taşlanişini me’yorlaştiriş mumkin? Bular öşa stansiyalarning foydalaniş koeffitsiyentini maksimal darajada oşirişga harakat qilişadi, maksimal darajada qimmat bölsa ham filtrlar (bitta filtr 3 mlndan 300 mln dollargaça aylanişi mumkin) örnatişadi va kömir stansiyalarining hozirgi dunyodagi maksimal samaradorligi taxminan 44-45 foizni taşkil qiladi va Germaniyada bunday stansiyalar mavjud.
Aslida soliştiriş notöğri. Özbekiston bilan soliştiradigan bölsak, unda bu kabi stansiyalardan foydalaniş koeffitsiyenti 30 foizgaça, Germaniyada esa 44 foiz. Nima uçun farq bunçalik katta? Bu stansiyaning va kömirning sifatiga boğliq. Germaniyada özining kömir konlari bölişiga qaramasdan ular Avstraliyadan kömir taşib olib kelişadi. Özinikidan köra arzonroq tuşişi mumkin yoki özinikini qazib olayotgan jarayonda atrof-muhit ifloslanişining oldini oliş uçun özlaridagi kömir stansiyadan qazib olişmaydi.
– Havoni ifloslantirişda hissador sanoat korxonalariga qanday çoralar körişadi, nazorat mexanizmi qanday?
– Nafaqat Germaniya, umuman Yevropa Ittifoqida atrof-muhitga taşlanayotgan zaharli gazlar, çiqindilarning me’yori bor. Har bir davlatga me’yor qöyilgan. Misol uçun, Germaniya atrof-muhitga yiliga 500 mln tonna zaharli gaz taşlaşi mumkin, undan ortiğida esa jarima tölaşi mumkin, çegarasi bor. Öşa 750 mln tonnaga ham soliq tölaydi, ekologiya vazirliklariga tölaydi, öşa atrofda yaşayotgan mahalla, qişloq yoki şaharga, hukumat hamda hokimiyatga qançadir miqdorda kompensatsiya tölaşga majbur. Çunki şundagina sanoat korxonalari ham zaharli gaz, çiqindilarni atrof-muhitga taşlamaslikka harakat qiladi. Agar bunday jarima, soliqlar bölmasa, bularda qandaydir qiziqiş, intiliş bölmaydi [ekologiyaning buzilişining oldini olişga].
Misol uçun, Şvetsiyada muqobil energiyaga yönaltirilgan katta bir kompaniyasi bor, uning stansiyalari Gemaniyada, Berlinda ham 4 ta kömir stansiyalari bor. Endi YeI kömir stansiyani muqobil energiyaga aylantiriş şartini qöygandi. Bu degani quyoş, şamoldan emas, issiqlik nasoslari orqali muqobil energiya oliş mumkin. 4 ta stansiyani şu darajaga keltiriş uçun esa 1,5 mlrd dollar kerak. Özi 4 ta stansiya tursa, 500 mln dollar turişi mumkin. Şuning uçun bu kompaniyani sotib yuboriş afzal körilmoqda. Endi investor uni olib, Yevropa hamjamiyati talab qilgan normalar asosida stansiyani qayta qurişi va modernizatsiya qilişi mumkin.
– Ana endi Özbekiston haqida batafsil gaplaşsak. Hozirda bizda köplab sanoat korxonalari, ijtimoiy obektlarning ham kömirga ötkaziliş jarayoni ketyapti. Bu jarayonga munosabatingiz qanday?
Va yana bir savol tuğiladiki, Germaniyada havo ifloslanişi JSST belgilagan me’yorlardan hali oşgani yöq, ya’ni kömirdan foydalaniş koeffitsiyenti Özbekistondan yuqori bölsa-da, havo ifloslanişi aynan Toşkentdagi ekologik vaziyat bilan öxşaş emas. Bu nima bilan boğliq?
– Juda ham töğri savol. Özbekistonning kömir stansiyalariga ötişi Germaniyada bölgani kabi siyosiy-iqtisodiy nuqtai nazaridan majburan bölgan. Biz ham nima uçun ötyapmiz? Bu – vaqtinçalik yeçim hisoblanadi. Aytaylik, oldimizga qöyilgan 10-15 gegavatt muqobil energiyadan iste’mol yoki elektr energiyadan iste’moli yoki işlab çiqariş... Bunga vaqt kerak, 8 gegavattni tarmoqqa ulaş uçun bir yil kerak bölişi mumkin, misol uçun. 1 yil davomida biz iste’molçilarni elektr energiyasi bilan ta’minlaşimiz kerak, bizda nima bor şunda?
Bizning qölimizda kömir stansiyalari yoki boşqa stansiyalar bölişi mumkin, bundan boşqa aynan hozir tiğiz vaqtda biz majburmiz kömir stansiyalariga ötişga. Aslida uzoq yillik rejada, istiqbolda kömir stansiyalariga ötiş notöğri. Lekin qisqa muddatda, aytaylik, 6 oy yoki 1 yil uçun kömir stansiyalariga ötiş muammolar kelib çiqişining oldini oliş uçun qilingan iş deb hisoblayman.
Kömir stansiyalariga ötiş mumkin, faqat zaharli gazlar taşqariga çiqarilmagan taqdirda. Bunday texnologiya Yevropada, Germaniyada bor. Faqat qimmat böladi. Bizning [Özbekistonning] stansiyalarimiz, bizning kömirimiz Yevropa standartlariga javob bermasligi mumkin. Javob berişi uçun yangi texnologiya, yangi innovatsiyalar, investorlarni jalb qilişimiz kerak.
Intervyuning töliq şaklini yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.