Qonunçilik palatasi deputati Zumrad Bekatovaga köra, hozirgi kunga qadar amalda bölgan tizimda sohaga ajratilayotgan mablağlar qança bemor davolanganidan qat’iy nazar, tibbiyot muassasalariga yönaltirilgan bölsa, suğurta mexanizmlari asosida bu mablağlar bemorga körsatilgan tibbiy yordam hajmi hamda unga sarflangan dori vositalari va tibbiy buyumlar miqdoridan kelib çiqib yönaltirilmoqda.

Milliy soğliqni saqlaş tizimiga joriy etilgan tibbiy suğurta tizimni moliyalaştirişning samarali mexanizmi bölib, uning doirasida har bir fuqaroning salomatligini kafolatlangan paket asosida davlat budjeti mablaği hisobidan suğurta qilinmoqda. Suğurta tizimida tibbiy xizmatlar uçun tölovlarni natijaga asoslangan moliyalaştiriş usullari  orqali amalga oşiriladi, davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam doirasida tibbiy xizmatlar strategik xaridi yölga qöyiladi.

Natijada soğliqni saqlaş tizimidagi samarasiz xarajatlar uluşi bosqiçma-bosqiç qisqartiriladi, aholining tibbiy yordam uçun töğridan töğri tölovlari darajasini kamaytirişga erişiladi. Soğliqni saqlaş tizimiga ajratilayotgan mablağlar doirasida birlamçi tibbiy-sanitariya yordami uluşini oşiriş orqali kasalliklar profilaktikasi kuçaytirilib, tibbiyot muassasalarining moliyaviy mustaqilligini oşiriş va tibbiyot xodimlarini moddiy rağbatlantiriş mexanizmlari kengaytiriladi.