Davlat departamenti hisobotiga köra, AQŞ hukumatining xorijiy hukumatlar bilan qurol-yaroğ sotiş va harbiy xizmat körsatiş operatsiyalari 2023-moliyaviy yilda (2022 yil 1 oktyabrdan 2023 yil 30 sentabrgaça bölgan davr) sezilarli darajada oşgan. Ularning umumiy qiymati 56 foizga oşib, 81 milliard dollarni taşkil etdi.
Qolgan 157,5 milliard dollar Amerika harbiy-sanoat kompaniyalarining öz mijozlariga töğridan-töğri qurol-yaroğ sotişidan tuşgan. Ularning hajmi ham oşdi, lekin unçalik emas: 2022-moliyaviy yilga nisbatan 2,5 foizga.
Amerika qurollarining asosiy xaridorlaridan biri Polşa bölib, Rossiyaning Ukrainaga hujumidan söng, öz oldiga Yevropadagi eng kuçli armiyani şakllantirişni maqsad qilib qöygan.
Polşa 12 milliard dollarlik Apache vertolyotlarini, 10 milliard dollarlik HIMARS raketa tizimlarini, 3,75 milliard dollarlik M1A1 Abrams tanklarini, 4 milliard dollarlik havo va raketaga qarşi mudofaa tizimlarini sotib oldi.
Polşada ötgan yil oxiridagi saylovdan söng hokimiyat özgardi, ammo Donald Tusk boşçiligidagi yangi hukumat armiyani qayta qurollantirişni davom ettirişga va’da bermoqda.
Germaniya Qöşma Ştatlardan 8,5 milliard dollarga Chinook vertolyotlarini sotib oldi. Çexiya 5,6 milliardlik sönggi rusumdagi F-35 qiruvçi samolyotlari va öq-dorilarini, Bolgariya 1,5 milliard qiymatidagi «Stryker» zirhli maşinalarini, Norvegiya esa 1 milliard qiymatidagi köp maqsadli vertolyotlarni buyurtma qilgan.
Amerika qurollari va harbiy texnikalari Yevropadan taşqarida ham sotib olinmoqda. Janubiy Koreya 2023-moliya yilida 5 milliard dollarga F-35 samolyotlarini sotib oldi, Avstraliya 6,3 milliard dollarlik C130J-30 Super Hercules harbiy transport samolyotlariga buyurtma berdi, Yaponiya esa E-2D Hawkeye razvedka samolyotlari uçun 1 milliard dollar tölaydi.
Davlat departamentining qurol-yaroğ transferi byurosi rahbari Mira Resnik Politico naşriga bergan intervyusida Amerika qurollari savdosi oşib borayotganini, qisman ba’zi davlatlar Rossiya qurollaridan voz keçayotgani bilan izohladi.
Oxirgi 30 yil davomida Rossiya qurol eksporti böyiça dunyoda ikkinçi örinni egalladi, biroq sönggi yillarda u bilan AQŞ örtasidagi tafovut oşib bormoqda va uçinçi eksportçi mamlakat Fransiya bilan örtasidagi tafovut esa qisqarmoqda. 2022 yilda Şvetsiyaning SIPRI tahlil markazi ma’lumotlariga köra, jahon qurol savdosining 40 foizi Qöşma Ştatlar hissasiga, 16 foizi esa Rossiyaga töğri kelgan, bu uluş avvalgi tört yil içida tört foizga kamaydi.

















