Surxondaryo viloyati Termiz tumanida ölim bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berişiça, hodisa 2024 yil 30 yanvar kuni soat 16:45 larda yuz bergan.
Termiz tumani Gulbahor mahallasi hududidan ötuvçi 4R-99 avtomobil yölining 25-kilometrida 1989 yilda tuğilgan haydovçi boşqaruvidagi Nexia-3 yölning öng tomon çetiga çiqib ağdarilgan.
Oqibatda, maşina yölovçisi 2003 yilda tuğilgan ayol oğir tan jarohatlari olib, halok bölgan. Haydovçi tuman şifoxonasiga yotqizilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga köra YTHga haydovçi ehtiyotsizlik qilib, maşinani yuqori tezlikda boşqargani sabab bölgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video va fotosuratlarda Nexia-3 paçaqlanib ketganini köriş mumkin.

















