Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Mirzajanoviç Hojimatov (Minhojiddin Mirzo) boşqa işga ötişi munosabati bilan lavozimidan ozod qilindi.

U Yozuvçilar uyuşmasi raisining ijodiy masalalar böyiça birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Şoir va jurnalist Minhojiddin Mirzo 1965 yilda tuğilgan, 1990 yilda Toşkent davlat universiteti Jurnalistika fakultetini tamomlagan. 2013–2014 yillarda Özbekiston madaniyat va sport vaziri bölgan. 2012–2013 yillarda Milliy teleradiokompaniya raisining birinçi örinbosari sifatida işlagan. 2018 yilda Yozuvçilar uyuşmasi raisi örinbosarligiga ötgan. 2019 yil sentabr oyida Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari etib tayinlangandi.

Otabek Hasanov

Endilikda Otabek Abduraşidoviç Hasanov Ma’naviyat va ma’rifat markazining yangi rahbari böldi. U şu vaqtgaça prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi direktori birinçi örinbosari sifatida işlab kelayotgandi.