Danğara tumanida joylaşgan avtomobillarga gaz töldiriş şoxobçasida uç nafar şaxs örtasida janjal kelib çiqdi. Ularning biri vafot etgan.

Boş prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Şamsutdinovning ma’lum qilişiça, voqea 2024 yilning 3 fevral kuni sodir bölgan.

Bezorilikning oldini oliş maqsadida, ularni ajratiş uçun kelgan boşqa şaxsga ham faol qarşilik körsatilgan. Bir neça vaqtdan söng, 23 yoşli uşbu şaxs huşini yöqotgan va şifoxonaga olib borilayotgan vaqtida vafot etgan.

Olib borilgan tergov oldi tekşiriş harakatlari davomida Danğara tumani IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan ikki şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan va ular protsessual tartibda uşlangan.

Hozirda marhumning ölimi yuzasidan Danğara tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiriş harakatlari olib borilmoqda. Uning ölim sababini aniqlaş maqsadida sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan.